26
Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror
o‘sish sur‘atlari ta‘minlanib, keyingi 11 yil davomida YAIMning o‘rtacha yillik
o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmagan holda 2015 yilda 8 foizni tashkil etdi.
Yalpi ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy
ne‘matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida
vujudga keltirilgan ma‘naviy ne‘matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan.
Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan xomashyo, materiallar, yonilg‘i va
energiyalarning qiymati boshqa tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror
hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun‘iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste‘molga
borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
YAratilgan mahsulot hajmi va tarkibini tahlil qilishda ikki tomonlama naflilik
(natural) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: