Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Doiraviy aylanishda ishlab chiqarish jarayoni



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

6. Doiraviy aylanishda ishlab chiqarish jarayoni 
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish 
uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko‘rib chiqish zarur. 
15
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
26 


25 
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni yaratishga 
qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Moddiy va ma‘naviy ne‘matlar 
yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy 
tomonidir. 
Ishlab chiqarishning 
tarkibiy tuzilishi
muhim ahamiyat kasb etib, u turli 
sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni 
moddiy ishlab chiqarish va 
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga 
ajratish lozim. 
O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi 
moddiy ne‘matlarniishlab 
chiqarish 
(masalan, avtomobilь, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) 
va 
moddiy xizmatlar ko‘rsatish
(transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va 
boshqalar)dan iborat bo‘ladi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham 
nomoddiy ne‘matlarni ishlab 
chiqarish
(masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) 
va 
nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish
(huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka 
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan 
holda rivojlanadi va bir-biriga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, 
birinchi bo‘linmada 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə