Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
4. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi 
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati 
natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan 
foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab 
chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. 
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi 
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish 
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga 
bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma‘lum sarf 
xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil 
yondashuv – klassik va neoklassik yoki zamonaviy kontseptsiyalardan 
foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – 


34 
bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va 
moddiy sarflardir
26
.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 
1)
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 
2)
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari– bu mahsulot ishlab chiqarish 
uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) 
sarflaridir.
Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga 
tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul 
shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya‘ni: 
 
 
 
w = c + v + m, 
bu erda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – 
iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalariqiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish 
haqi); m – qo‘shimcha qiymat. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə