Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-MAVZU. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI. ELASTIKLIK



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2-MAVZU. TALAB, TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI. ELASTIKLIK 
Reja

1.
Talab tushunchasi va talab qonuni. Uning miqdoriga ta‘sir qiluvchi omillar 
2.
Taklif tushunchasi va taklif qonuni. unga ta‘sir qiluvchi omillar 
3.
Bozor muvozanati va uning turlari.
4.
Talab va taklif egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar 
1.Talab tushunchasi va talab qonuni. Uning miqdoriga ta‘sir qiluvchi 
omillar 
Talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul 
bilan ta‘minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator 
muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib 
olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga 
quyidagicha ta‘rif berish mumkin: ma‘lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud 
darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlar ma‘lum turlarini sotib olishga 
qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi
16

Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan 
talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir 
iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga 
bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi.Bir qancha (ko‘pchilik) iste‘molchilarning shu 
turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi
17

16
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
46 
17
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
48 


28 
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni 
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi
18

Talab miqdoriga narxdan tashqari ta‘sir qiluvchi omillar. Talab hajmining 
o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi
19

Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi:
1) iste‘molchining didi;
2) bozordagi iste‘molchilar soni;
3) iste‘molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli. 
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan 
tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engelь (1821-1896) 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. SHunga ko‘ra, iste‘molchi daromadi bilan u 
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik Engelь qonuni deyiladi.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan 
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, 
sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. 
Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan 
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar
avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, 
avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va 
tovarlar miqdorining etarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini 
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, 
iste‘molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va 
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə