Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Natural jihatdan
yondashilganda, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish 
uchun, birinchidan, iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat 
holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. 
Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma‘lum miqdorda ishlab 
chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi 
kuchining qayta tiklanishi uchun zarur iste‘mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. 
SHuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud 
bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash 
imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot 
qiymat jihatdan
ham uch qismdan iborat bo‘ladi: 
1) ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan 
ishlab chiqarish vositalari 
qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi ammortizatsiya fondi

2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya‘ni, ishchilarga 
tegishli qismi – 
zaruriy mahsulot qiymati

3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va 
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi – 
qo‘shimcha mahsulot qiymati
dan 
iboratdir.
YAlpi ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni 
tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo, yonilg‘i va materiallar 
qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1. 
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2. 
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 
3. 
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta‘rif bering. 


27 
4. 
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va etkazib berish insonning turli 
xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi? 
5. 
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi 
kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
6. 
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy 
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi? 
7. 
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 
8. 
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
9. 
Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 
10. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring. 
11. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering. 
12. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot nima, qo‘shimcha mahsulot normasi va 
massasi formulasini yozib tushuntiring. 
13. Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsulot tushunchalarini 
izohlab bering. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə