Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

5. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar 
ishlab chiqarish omillari deyiladi
14
.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat‘iy 
nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi 
shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli 
o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita 
ishtirok etuvchi unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish 
omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har birini 
alohida ko‘rib chiqamiz. 
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi.
Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega 
bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning 
mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
14
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
26 


24 
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
predmetlariga ta‘sir qiladigan vositalarga aytiladi. 
Bularga mashinalar, 
stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir.
Er, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar 
mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda 
tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya‘ni 
xomashyo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə