Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

ma‘muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyoti
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy
aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma‘muriy organlar tomonidan 
iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. 
Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy 
boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi
13

Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim 
bozor iqtisodiyoti 
tizimidir
. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin 
raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba‘zi adabiyotlarda uni sof 
12
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 

13
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
38 


23 
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti 
resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni 
tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub‘ektning xatti-harkati uning 
xususiy manfaatiga asoslanadi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
.Hozirgi davrda real hayotda bozor 
iqtisodiyoti 
sof 
bozor 
mexanizmi 
va 
rejali 
iqtisodiyot 
unsurlarini 
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli 
yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy 
himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin 
bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rolь 
o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor 
tizimi etarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan 
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta‘minlashda, daromadlar taqsimlanishini 
o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik 
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy 
tashkilotlar mavjud. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə