Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Taklif tushunchasi va taklif qonuni. unga ta‘sir qiluvchi omillar



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2. Taklif tushunchasi va taklif qonuni. unga ta‘sir qiluvchi omillar 
Ma‘lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi 
yoki sotuvchilar tomonidan ma‘lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga 
chiqarilgan miqdori taklif deyiladi
20
. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan 
mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator 
muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar 
taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning 
18
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
47 
19
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
51 
20
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
52 


29 
o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi 
o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi
21

Iste‘molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi 
uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar 
ham ta‘sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar: 
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi; 
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni. 
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining 
o‘zgarishini taqozo qiladi. 
3. Bozor muvozanati va uning turlari 
Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan 
holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda 
shakllangan narx bozor narxi deyiladi
22
. Ba‘zan uni muvozanatlashgan narx ham 
deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib 
turmaydi, ularga ta‘sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga 
sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud 
bo‘ladi. 
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari 
mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini 
muvozanatli narxda topadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə