Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni 
ishlab chiqarish va iste‘molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha 
sarflar tushuniladi: 
k = s + v. 
Korxona
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital 
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa 
xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan 
ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini 
tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam 
bo‘ladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazilguncha 
ketadigan sarflarga aytiladi.
Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala 
xarajatlari va sof muomala xarajatlari. 
Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, 
transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala 
xarajatlari hisoblanadi. 
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish 
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini 
oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan 
qoplanadi
27

Cof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning 
maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi 
xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda 
hisobidan qoplanadi. 
26
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
477 
27
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
478 


35 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə