Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

3) tovar belgilari
– bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va 
boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish 
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
Sun‘iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) 
nomi.
Sun‘iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab 
o‘zgartiradi, ya‘ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli 
to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning 
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan 
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini 
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi; 
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni 
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, konsern kabi aniq 
shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Kartel 
– bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi 
bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z 
mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni 
mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish 
narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga 
oshiriladi. 
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik birlashma 
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga 
oshiriladi. 
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsortsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda 
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). 
Konsern 
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z 
ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma‘lum ishlab chiqarish 
faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli 
soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan 


41 
ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun‘iy 
monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan.
AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va 
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik 
hujjatlariga asoslanadi:

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə