Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

1.Sherman qonuni
(1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar 
bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi
33

2.Kleyton qonuni 
(1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma‘lum ko‘rinishdagi 
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni 
taqiqlaydi
34

3.Robinson-Petmen qonuni 
(1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar 
va boshqalarni taqiqlaydi. 
1950 yilda Kleyton qonuniga 
Seller-Kefover tuzatishi 
kiritildi.
35
Unda 
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish 
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning 
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover 
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
2. Sof monopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, chunki 
narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri 
hisoblanadi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. 
Monopoliya sharoitida narx 
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar 
faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq 
bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay 
oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi 
hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos 
tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z 
manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendentsiyasidan 
foydalanadilar. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə