Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

«narx 
bo‘yicha etakchilik»
xatti-harakati keng qo‘llaniladi. Bu xatti-harakat narx 
vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist 
firmalarning narxni shakllantirish va uni o‘zgartirishda etakchi oligopolist firmaga 
ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida 
maydonga tushadi. Narx bo‘yicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy 
jihatdan ancha ustun bo‘lsada, u o‘zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq 
o‘tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi – firma 
boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e‘tiborga olmog‘i lozim. Bu 
manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me‘yordagi foydani ta‘minlash, 
mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo‘ladi. Agar 
talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishi natijasida bozor narxi 
oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay 
qolsa, etakchi firma darhol narxlarni o‘zgartirishi lozim bo‘ladi. 
 
5.Monopoliyaning turli shakllarida narxning shakllanishi 
Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar 
mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira 
olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor 


44 
narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning 
oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning 
pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni 
sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning 
oshishi tendentsiyasidan foydalanadilar. 
Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni 
aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib 
boradi (2-chizma). 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə