Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni 
tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun 
to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan er uchun renta, transport 
xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov 
hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham 
ataladi. 
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan 
bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to‘lovlari 
shaklida chiqmaydi. SHu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari 
qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali 
amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir 
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi
28

Doimiy xarajatlar (DX) 
ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta‘sir etmaydi va ishlab chiqarishning 
har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov 
majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash 
xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari 
maoshi va shu kabilar kiradi. 
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining 
o‘zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. 
Unga xomashyo, material
yonilg‘i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar 
kiradi. 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar 
yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. 
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun 
aniqlash mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə