Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab 
chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar 
deyiladi. 
 
5. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish 
xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari 
 
Qisqa muddatli davr – 
bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari 
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir
29
.Bunday xarajatlar qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya‘ni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va 
ulardan foydalanish; 
28
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
483 
29
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
479 


36 
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini 
ko‘paytirish; 
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan 
mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k. 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 
barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lgan 
davrdir
30

Bu erda shuni ta‘kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining 
o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, 
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab 
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi.
Bu 
omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining 
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə