Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
ta‘minlovchi iste‘mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi.
YA‘ni, 
iste‘molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini 
tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi 
ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan 
izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste‘molchi uchun nafli 
hisoblanadi. SHunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir 
tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste‘molchi naflilik 
miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega 
bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar 


33 
shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. 
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa 
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. 
Agar iste‘molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal 
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, 
befarqlik kartasi
hosil bo‘ladi. Har 
bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini 
ifodalaydi. 1-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta 
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni 
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi. 
1-chizma
Befarqlik kartasi 




V

A I

I
2
I

0 A 
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud 
bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu 
uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta‘minlaydi. Ranjirlash 
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan 
tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq 
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə