3.Tаlаb vа tаklif egiluvchаnligi vа ulаrni bеlgilаb bеruvchi оmillаr Talab hajmiga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda
narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi
ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu
ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
1.
Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi .
Iste‘molchiga
biror
mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga
talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan
mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir
alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2.
Mahsulot qiymati (narxi)ning iste‘molchi daromadidagi salmog‘i .Iste‘molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa,
unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam
narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan
mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. SHu bilan birga,
avtomobilь yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln.
21
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page
52
22
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page
55
30
so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik
daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan
mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3.