11
Inson hali bilim olishi, san‘at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan
ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj –
bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng
namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san‘at bilan
shug‘ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj –
bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei,
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta‘sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi
kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va
qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi
odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma‘lumotlilar va ma‘lumotsizlar,
sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka
ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa
belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba‘zi bir jihatdan farq
qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: