Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar 
deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Hatto 
ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga 
oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoji alohida, yakka 
tarzda qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat 
fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar
 birgalikda 
qondiriluvchi ehtiyojlar 
deyiladi. Masalan, ta‘lim olish binolari, kasalxonalardan, 
dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar 
tomoshalarni birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar 
shular jumlasidandir. 
Birlamchi ehtiyoj 
– bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi 
nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. 


11 
Inson hali bilim olishi, san‘at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan 
ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim. 
Ikkilamchi ehtiyoj – 
bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng 
namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda 
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san‘at bilan 
shug‘ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj – 
bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta‘sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi 
kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va 
qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi 
odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma‘lumotlilar va ma‘lumotsizlar, 
sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka 
ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa 
belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba‘zi bir jihatdan farq 
qilishi mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə