Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va etkazib berishga nisbatan miqdoran



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va etkazib berishga nisbatan miqdoran 
o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishiehtiyojlarning ustuvor 
darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. 
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar 
o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. 
CHunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta‘minlash uchun kerak bo‘ladigan 
iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. 
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan 
barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy resurslar (er, er osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va 
boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
CHeklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi: 
1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur 
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb 
qilish; 
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga 
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga 
ega bo‘lishni taqozo qiladi. 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu 
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga 
yo‘naltirishga ijobiy ta‘sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 


13 
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan 
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotelь asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, 
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e‘tibor qaratilgan edi. 
Biz ming yillar osha bizgacha etib kelgan muqaddas Qur‘oni Karim, hadislar, 
Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari

bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir 
ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy 
mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. 
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning 
iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda 
yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib 
tovarning ikki xil xususiyatini – iste‘mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy 
va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va 
qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. SHuningdek, Ibn Xoldun 
tomonidan tovarlarni ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda 
mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya‘ni tovarda gavdalangan 
mehnatning miqdori va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta‘kidlangan
4

«Kapital» kategoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn 
Sino (980-1037)ning asarlarida ko‘rish mumkin. U hayotning to‘qqizta omili: er, 
havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy 
faoliyatni ajratib ko‘rsatgan. Bu o‘rinda ham iqtisodiy ham jismoniyham ruhiy ham 
ahloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan
5
.
 
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va 
«Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga 
bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga 
chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab 
chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e‘tibor beradi. SHu bilan birga boylikni 
halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta‘kidlaydi
6

Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning 
ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot fan 
sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor 
shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi 
bilan shakllana boshladi.
4
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодийтаълимотлартарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет. 
5
Богачева Г.Н., Денисов Б.А. О многообразной трактовке категории "капитал" // Менеджмент в России и за рубежом, 
№1, 2000- 
http://www.dis.ru
.
6
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 89-90-бет. 


14 
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» 
- uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. YA‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik 
qonunlari ma‘nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz 
iqtisodchisi Antuan Monkretьen birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod 
traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni 
boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni 
tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma‘noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan 
edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy 
oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u 
qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. 
Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə