Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Moddiy ehtiyojlar 
– bu moddiy ko‘rinishdagi ne‘matlar vositasida 
qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste‘mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy 
predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak
2
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20
th
edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 4 
3
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
24 


10 
turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va 
h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma‘naviy ehtiyojlar
– bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, 
dunyoqarashi va ma‘naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy 
ne‘mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish
madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli ma‘naviy 
yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat bo‘ladi. 
Ehtiyojlarni iste‘mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga ajratish mumkin. 
Shaxsiy ehtiyojlar – 
kishilarning pirovard iste‘moli uchun mo‘ljallangan 
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-
ro‘zg‘or buyumlari, shaxsga ko‘rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni 
namoyon etadi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari 
– mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga 
bo‘lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neftь, paxta va h.k.), 
materiallar (po‘lat, yog‘och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk 
mashinasi, ekskavator, bulьdozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda vabirgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar; 
birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat 
ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. 
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab 
qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə