Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH. IQTISODIY TIZIM TURLARI



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH. IQTISODIY TIZIM TURLARI 
Reja: 
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi hamda fan sifatida shakllanishi 
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari 
4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari 
5. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 
6. Doiraviy aylanishda ishlab chiqarish jarayoni 
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi hamda fan sifatida shakllanishi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng 
avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. 
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal, 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne‘matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan 
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar 
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab 
ko‘rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma‘lumki, kishilar siyosat, san‘at, adabiyot, fan, 
ma‘rifat, madaniyat, ta‘lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
ne‘matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. SHuning uchun har bir kishi, 
o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya‘ni kiyim-kechak, oziq-
ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday 
qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. 
Shu muammolarni echish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli 
yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari 
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta‘minlaydigani 
moddiy va ma‘naviy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat 
bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə