Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi
1

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2)
taqsimlash jarayoni;
3)
ayirboshlash jarayoni;
4)
iste‘mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo‘lgan xayotiy ne‘matlarni yaratish jarayoni.
Barcha tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab 
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab 
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste‘mol qilinadigan 
narsalar bo‘lmaydi.
 
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
turli qism va sub‘ektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni
. Bu bosqichda, eng 
avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli 
tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan 
tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi 
ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Ayirboshlash – jamiyat a‘zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo‘yicha ma‘lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) 
1
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014.page 
24 



asosida o‘zaro almashish jarayoni.
Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh 
kishilar tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini ishlab chiqarish va etkazib 
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, 
o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning 
misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan 
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur 
tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat 
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi 
jarayoni sodir bo‘ladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə