Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Iste‘mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Iste‘mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni
. Iste‘mol takror ishlab chiqarishning oxirgi 
fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a‘zolarining turli-tuman ehtiyojlari 
qondiriladi. Iste‘mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste‘moli va 
shaxsiy iste‘mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi 
kuchidan foydalanish 
unumli iste‘mol
deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko‘mir yoki 
tabiiy gaz, o‘simlik moyi – bularning barchasi unumli iste‘mol hisoblanadi. 
CHunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Iste‘mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o‘z ahamiyati bo‘yicha 
pirovard ravishda ishlatilishi 
shaxsiy iste‘mol
deyiladi. Nonvoy tayyorlagan 
nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste‘mol qilinishi shaxsiy iste‘molni 
anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste‘molidan so‘ng, ular o‘rniga yana 
yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning bosh masalasi – 
ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy 
resurslarning cheklanganligidir
2
.Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, 
ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati 
ehtiyoj 
deb ataladi
3
.
 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‘naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne‘matlar 
hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə