Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
– iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy 
ne‘matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol 


17 
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni 
samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya‘ni 
ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi 
zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi 
ajratib ko‘rsatiladi:
1)bilish vazifasi
– har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 
hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni 
kengaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli 
jabhalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur 
bo‘lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zero, 
Prezidentimiz I.Karimov so‘zlari bilan aytganda, O‘zbekistonning mustaqillikka 
erishish davridagi 
«…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni 
ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu 
harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak 
bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani – bularning 
barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə