Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
Iqtisodiyot fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni 
ham o‘rganadi. 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar ob‘ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, 
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1.Umumiy iqtisodiy qonunlar
– kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasining mos kelishi 
qonuni va boshqalar. 
2.Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
– insoniyat jamiyati 
taraqqiyotining ma‘lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif 
qonuni va qiymat qonuni. 
3.Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar
– alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar 
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy 
tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab 
topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, 
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy 
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar 
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli 
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, 
albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya 
(ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini 
ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu 
tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, 
talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 


19 
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq 
bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini 
aks ettiradi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə