Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Guruhiy ehtiyoj 
– bu ma‘lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning 
birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining 
ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz 
qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota – shifokor, ona – 
o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti 
kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injener, ona – uy bekasi, qiz – 
talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari 
bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va 
darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebelь ishlab chiqaruvchi korxona 
mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat 
jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.
Hududiy ehtiyoj 
– bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning 
birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning 
ba‘zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning 
umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining 
guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar 
bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj 
sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari – 
bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun 
umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun 
umumiy bo‘lgan ne‘matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining 
daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi
ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga 
oshirilishi va boshqalar. 


12 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta‘sir ko‘rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an‘analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə