Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Buxgalteriya hisobini prinsiplari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobini prinsiplari 
Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o‘ziga xos prinsiplarga amal 
qilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining (BHMS) 
birinchi sonli standartida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida 
quyidagilar keltirilgan: 
-
ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish
-
uzluksizlik; 
-
xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlarni baholash
-
ishonchlilik; 


-
ehtiyotkorlik; 
-
mazmunning shakldan ustunligi; 
-
ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; 
-
moliyaviy hisobotning betarafligi; 
-
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 
-
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi
-
tushunarlilik; 
-
ahamiyatlilik; 
-
muhimlilik; 
-
haqqoniy xolis taqdim etish; 
-
tugatilganlik; 
-
izchillik; 
-
o‘z vaqtidalik; 
-
offseting (moddalarning o‘zaro qoplanishi);
 
-
xolislik.
 
 Hisoblash. 
Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda 
tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablaglarini olish yoki to‘lash asosida emas) 
moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. 
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-
kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama 
yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv 
shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita 
hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda 
ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat 
ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə