|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasibuxgalteriya hisobi nazariyasi
Hisob tarixi
Hisobning paydo bo‘lishi bevosita kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan. qabila
boshlig‘i o‘z qabilasini saqlab qolish uchun qaysi fasl qachon keladi, qabilasida qancha odam
bor, ular uchun qancha oziq-ovqat to‘plash kerak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab
hisob qurollari sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanilgan (ba’zi hollarda bu odatdan hozir ham
foydalanamiz). Hozirda ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblangan har bir oilaning o‘z hisob-
kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmush
sharoiti yaxshi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy borlig‘i va hamkoridir.
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan
foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha
turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi
hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-
qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi.
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda.
SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti
xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va
amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga
ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish,
ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|