Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

o‘z va qarzga olingan mablag‘lar 
manbalari

O‘z mablag‘lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va 
unga biriktirib qo‘yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik shaklidagi 
korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘shma yoki individual 
mulkidan iborat bo‘ladi. Davlat korxonalarining o‘z mablag‘lari byudjetdan moliyalash, 
zaxiralar, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘z mablag‘lar manbaidan iborat. 
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning ixtiyori bilan 
shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi. Ustav fondi, korxonaga uni 
tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan kelib tushgan mablag‘larni ifodalab, u davlat 
korxonalari miqyosida foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha, 
muassislardan kelib tushgan mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi korxonalarning 
buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. Korxonalarga ishlab chiqarish 
vositalari, operatsiya sohasining ba’zi bir mablag‘lar turlari va noishlab chiqarish sohasining 
mablag‘lari beriladi. Korxona tashkil qilinayotgan paytda hosil qilgan barcha o‘z 
mablag‘larining puldagi ifodasi ustav kapitalining hajmini ifodalaydi. Ustav kapitalining hajmi 
korxonaning Nizomida ko‘rsatiladi. 
Xo‘jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o‘sadi yoki kamayadi va bunda 
tegishli o‘zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo‘yicha aks ettiriladi. 
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari
ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, 


asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy takomillashtirish, moddiy 
rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida muhim toppshriqlarni bajarganliklari 
uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi yordam ko‘rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, 
turarjoylar va madaniy - maishiy muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda 
xizmatchilarga madaniy - maishiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot 
davrida sodir bo‘lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Byudjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini kengaytirish uchun 
qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Byudjetdan moliyalash tartibidagi 
mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini sotib olish yoki moddiy boyliklar 
zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, 
bolalar va madaniy - maorif muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar 
tayyorlash va boshqalar uchun beriladi. 
Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga 
ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga 
qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar, qisqa 
muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda 
yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. Qisqa muddatli bank 
kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 
mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob 
hujjatlari va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, 
ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta 
qaytarish sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy vositalarni sotib 
olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot turlarni yaratish, ularning sifatini, 
ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital 
sarflarga va boshqa ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli, qaytariladigan 
xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi. 
SHunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga olingan 
mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar tomonidan 
extiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha mablag‘lar olishning muhim 
manbaidir. Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol etkazib beruvchilar va boshqa kreditorlarga 
bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. Mol etkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni 
sotadigan tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga 
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt o‘tadi. SHu 
davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol etkazib beruvchilari oldida qarzdor bo‘lib 
qoladilar. Natijada mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ushbu korxona mablag‘lari uchun 
vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi. 
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan 
tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkidotlariga, pensiya, ish bilan ta’minlash 
jamg‘armalariga va xokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va 
xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar, sud tashkilotlarining qarori 
asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga 
ushlab qolingan summalar, ishchi va xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan 
ish haqlari bo‘yicha korxonaning qarzlaridir. 
Mol etkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning xususiyati shundan 
iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida nazarda tutilmaydi va korxona 
ularni juda cheklangan muddatga oladi. 
Taqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, kasaba 


uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan ta’minlash 
jamg‘armalari va moliya muassasalariga - byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar kiradi. Jalb 
qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi. 
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan zaruriy mahsulotni 
taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul qilingan qoidaga ko‘ra, ishchi va 
xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada ishlagan davri tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin 
beriladi. SHu munosabat bilan ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan 
majburiyatlari yuzaga kelib turadi. 
Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari bo‘yicha majburiyatlar 
qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar har oyda ijtimoiy sug‘urtaga, 
pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni 
tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu mablag‘lar o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida 
bo‘ladi. SHu munosabat bilan uning yana tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha doimo 
majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. 
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar taqsimlashni 
tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni davlat daromadiga topshirib 
turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya tashkilotlari oldida shu to‘lovlarni 
o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. SHu to‘lovlar bo‘yicha summalarni 
hisoblash daqiqasidan to‘lash davrigacha ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. Taqsimot bo‘yicha 
majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li 
bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan hosil qilinadi. 
YAlpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma’lumki, yalpi 
foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farq 
sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga 
bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va 
foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona 
mahsulotining sotishsi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar 
korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi 
korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, 
dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. SHunday qilib, 
korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat 
daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. SHuning uchun uni 
taqsimlanishiga qadar o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin 
emas va shu sababdan u alohida guruhga ajratiladi. 
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy boyliklarni 
sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida, valyuta va qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha oladi. Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari 
tasarrufida bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot bilan 
ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. Quyida harakatdagi 
kapital manbalari chizmasini keltiramiz. 
5. Buxgalteriya hisobining usullari 
Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim voqealarni 
bilish, o‘rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z 
usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida 
buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma’lum; hujjatlashtirish; inventarizatsiya; 
baholash; kalkulyasiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; 
hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi. 


Buxgalteriya hisobi-ning usullari (usul elementlari) quyidagilar: 
Buxgalteriya hisobi o‘zining predmeti xususiyatlariga mos o‘rganish usullaridan 
foydalanadiki, bular ma’lum ma’lum ko‘zatish natijalarini pul ko‘rsatkichida ifodalash, kayd 
qilish xamda uni zarur ezuvlar yordamida tartibga solish, uning natijalarini aniqlashdan 
iboratdir.Bunday usullarga buxgalteriya hisobi ezuvlarining xujjatga asoslanishi, yo‘qlama 
qilish, baxolash, kalkulyasiya qilish, buxgalteriya schyotlari, xo‘jalik operatsiyalarini shu 
schyotlarda kayd qilishni maxsus ikki yoqlama ezish tizimida yurgizish, buxgalteriya balansini 
va hisobotini to‘zishlar kiradi. 
Xujjatlashtirish buxgalteriya hisobi usulining eng muhim elementi ekanligi 1938 yilda 
professor YA.M.Galperin tomonidan isbotlanib, Iqtisodiy adabietga kiritilgan. Korxonalarda 
Бухгалтер
ия 
ҳисоби-
нинг 
усуллари 
(усул 
элемент-
лари). 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə