Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə10/22
tarix31.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#114475
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Eshqurbonov Ramazon Moliya 321 guruh

Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozlarning dinamikasi
Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning dinamikasi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining dastlabki bosqichlaridagi iqtisodiy tuzumlar xisoblanib, dunyoning boshqa davlatlaridan tovarlar, xizmatlar va kapital oqimini liberallashtirishga erishishgandir. Qaysidir jihatdan ushbu davlatlarning mazkur iqtisodiy siyosati rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSHning tovalar, xizmatlar, va kapital oqimiga nisbatan erkinliklar berish siyosatiga o’xshasada biroq ayrim muhim jihatlari bilan farqlanadi.1rasm biz ushbu bo’limda tadqiq qilayotganrivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz sodir bo’lishiga oid hodisalarni natijasi va bosqichlarini tasvirlaydi.
Birinchi bosqich. Moliyaviy inqirozlarning boshlanishi.
Rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqiroz bir nechta omillar hisobiga sodir bo’lgan. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz ikkita asosiy yo’lda rivojlanib borgan: moliyaviyliberallashuv va globallashuvni noto’g’ri boshqarilishi yoki kuchli fiskal dizbalans.(3-rasm)
19.3-rasm



Moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto’g’ri boshqarishning birinchi yo’li eng umumiy jinoyat hisoblanib, 1994 -yilda Meksikada va 1997- yilda ko’plab SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqargandir.
A yo’l: moliyaviy liberallashuv/globallashuvni notogri boshqarish. Xuddi AQSHda bo’lganidek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuv jarayoni sodir bo’ldi. Zero,rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning yuzaga kelish ildizi mazkur mamlakatlarda mahalliy moliyaviy institutlar va bozorlarda mavjud cheklovlarni olib tashlash orqali moliyaviy tizim liberallashtirildi. SHuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy globallashuv jarayoni ham yuzaga kelib, boshqa mamlakatlarning kapital oqimiga va moliyaviy
firmalariga eshiklar keng ochib berildi. Mamlakatlar teztez jarayonni qattiq fiskal siyosat bilan boshlashdi. Inqiroz boshlangungacha bo’lgan davrda, Meksikoda byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 0,7% ni tashkil qilib, bu darajadagi makroiqtisodiy ko’rsatkichni ko’plab rivojlangan davlatlar orzu qilishi mumkin edi. Xatto SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqiroz boshlangunga qadar davlat byudjeti YAIMga nisbatan profitsit bilan bajarilayotgan edi. Ko’p marotaba ta‘kidlanishicha, rivojlanayotgan davlatlar moliyaviy tizimi qarz oluvchilarning faoliyatini samarasiz kuzatish va monitoringiga ega bo’lgan kuchsiz ―kredit madaniyati‖ ga ega bo’lishgan. Hukumat tomonidan bank nazoratini amalga oshirishning takomillashmagan mexanizmi mavjud bo’lgan. Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuvni yuzaga keltirgankredit ekspansiyasi bevosita yuqori riskli moliyalash amaliyotlari bilan bog’liq edi. Natijada yirik kreditlar uchun ―hosil yig’ib olingan‖ da, bosib o’tilayotgan yo’l noto’g’ri ekanligi ko’rinib qoldi.Moliyaviy globallashuv jarayoni yonib turgan olovga ―yog’ sepish‖ bo’ldi. CHunki moliyaviy globallashuv jarayoni tijorat banklariningxorijdan qarz olish imkonini yaratdi. Tijorat banklari xorijiy kapitalni jalb etish maqsadida katta foizlar to’lashdi, o’z navbatida, kreditlash hajmini yanada oshirishga erishdi. Kapital oqimining mamlakatlarga kirishi hukumat siyosati tomonidan yanada rag’batlantirilishi natijasida milliy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan fiksirlanishi ta‘minlandi.Bu iqtisodiy holat xorijiy investorlarda qulaylik yaratdi.
Rivojlangan davlatlarda bo’lgan kabi, xususan AQSH dagidek, kredit ekspansiyasini keng ko’lamda amalga oshirilishi kreditlash amaliyotini barbod bo’lishi bilan tugadi. Kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan katta yo’qotishlar uzoq muddatli riskli moliyalash natijasida sodir bo’lib, tijorat banklari balansi ahvolini yomonlashtirdi va banklar tomonidan beriladigan kreditlar hajmini keskin pasayishiga olib keldi.Rivojlanayotgan davlatlarda bank balansi holatining yomonlashuvi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kreditlash va iqtisodiy faoliyatga juda katta salbiy ta‘sir ko’rsatdi.Rivojlangan davlatlarda takomillashgan qimmatli qog’ozlar bozori va yirik nobank moliyaviy sektorning mavjudligi banklarning moliyaviy holati yomonlashganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy tushkunlik holatini sog’lomlashtirish imkoniyatiniyuzaga keltiradi. Rivojlanayotgan davlatlardaagarda banklarining kreditlash faoliyatini to’xtatiladigan bo’lsa, teskari tanlov va psixologik risk muammosini hal qila oladigan boshqa institutlar mavjud emas.
Hozirgi kungacha aytib o’tilgan hikoyada rivojlanayotgan davlatlarda kredit ekspansiyasini yanada kengayishi va inqirozni sodir bo’lishi bevosita moliyaviy liberallashuv va globallashuvning natijasi xisoblansada, biroq bu muhim sabab hisoblanmaydi.
Ushbu hodisalar samarali liberallashuv/globallashuv jarayonlaridan cheklovchi kuchsizinstitutsional tuzilmada mavjud bo’lganda yuzaga keladi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, agarda prudensial tartibga solish va nazorat qilish haddan tashqari risklarni yuzaga kelishini cheklaganda edi, kredit ekspansiyasining kuchayishi va inqiroz sodir bo’lmas edi. Nima uchun tartibga solish va nazorat tizimi kuchsiz edi? Buning javobi Siyosatchilar va prudensial nazoratchilar saylovchi –soliq to’lovchilar (prinsipal) uchun asosiy agentlar hisoblanadi: siyosatchilar va prudensial nazoratchilarning maqsadi soliq
to’lovchilarning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Agarda moliyaviy yo’qotishlar boshlanadigan bo’lsa, bank tizimini sog’lomlashtirish xarajatlari soliq to’lovchilarning mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Moliyaviy bozorlar liberallashtirilgan bo’lsada, ammo, banklarning kuchli tijoriy manfaatlari nazoratilarning o’z ishlarini to’g’ri bajarishlariga xalaqit berishi natijasida prudensial nazoratchilar jamiyatning manfaatini himoya qilmasligi mumkin. Siyosatchilarning kompaniyasiga katta hissa qo’shgan tijoriy manfaatlar teztez siyosatchilarni banklarning yuqori risk/yuqori daromadstrategiyasini cheklovchi normativhuquqiy xujjatlarni ta‘sirini kamaytirishga ishontiradi. Nihoyat agarda bank egalari tezda bank faoliyatini o’stirishsa va kreditlash faoliyatini kengaytirishga erishsa, katta boylikka ega bo’lishadi. Ammo banklar inqirozga yuz tutadigan bo’lsa, xukumat ularni sog’lomlashtiradi va soliq to’lovchi xarajatni qoplaydi.SHuningdek, qattiq tartibga soluvchi qonunlar mavjud bo’lganda ham tijoriy manfaatlar nazorat agentliklarini bank institutlarini samarali monitoring qilish yoki ularning faoliyatini to’xtatish uchun etarli resurslarga ega emasliklariga ishontirishadi.
AQSHga o’xshagan rivojlangan davlatlarda ham kuchli tijoriy manfaatlar nazorat organlarining o’z ishlarini to’g’ri bajarishlariga xalaqit beradi. Rivojlanayotgan davlatlardagi kuchsiz institutsional muhit moliyaviy liberallashuv jarayonlarini yanada kuchaytirib yuboradi. Rivojlanayotgan davlatlarda tijoriy manfaatlar yuqori bilim salohiyatiga hamda jamiyat manfaati uchun xarakat qilmaydigan siyosatchilar va byurokratlarni erkin monitoring (yoki jazolash) qilish imkoniyatiga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha kuchliroqdir.SHubhasiz, shu erda muhokama qilingan rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida prinsipalagent muammosi jamiyatga keltiradigan zarariancha yuqoridir.
Kuchli fiskal dizbalans. Davlat xarajatlarini moliyalashtirishi rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy inqiroz tomon etaklashi mumkin. 2001- 2002- yildaArgentinada sodir bo’lgan moliyaviy inqiroz aynan shu turga xos bo’lib, jumladan, 1998- yilda Rossiyada, 1999 -yilda Ekuadorda, 2001 -yilda Turkiyada yuzaga moliyaviy inqirozlar aynan shu turdagi inqirozning ba‘zi elementlarini aks ettiradi.
Mashhur bank o’g’risi Villie Suttondan nima sababdan banklarningo’marganligi so’ralganda, u shunday jaovb bergan: ―Chunki bu erda pul bor‖. Rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari aynan shunday qarashga egadirlar. Qachonki ular yirik fiskal dizbalansga yuz tutishsa va o’zlarining qarzlarini qoplay olishmasa, xukumat banklarni dvalat qarzini sotib olishga aldashadi yoki majburlashadi. Xukumatningushbu qarzlarni qayta to’lay olish qobiliyatiga ishonchini yo’qotgan investorlar obligatsiyalarni sotib yuborishadi. Natijada obligatsiyalarning narxi tushib ketadi. Ushbu qarzlarni ushlab turgan banklar balansining aktiv qismida katta o’ra hosil bo’lishi natijasida aktivlarning sof qiymati tushib ketadi. Kapital xajmini kamayishi ushbu institutlarning kredit resurslarini pasayishiga olib kelishi oqibatida kreditlash hajmi tushadi. Ushbu holat yanada yomonroq bo’lishi, ya‘ni bank kapitalining pasayishi sarosimani keltirib chiqarishi natijasida ko’plab banklar bir vaqtda bankrotlikka uchrashi mumkin. Kuchli fiskal dizbalansning bank tizimi kuchsizlanishiga olib kelishi natijasida tanlovning yomonlashishi va psixologik risk muammosiga olib keladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə