Termiz davlat universiteti


-Mavzu:Bахtsiz hоdisаlаrdа birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtish



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə123/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   332
2 5231185375283646269

18-Mavzu:Bахtsiz hоdisаlаrdа birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtish

Rеjа:

18.1. Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.

18.2. Birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtishda kerakli asbob va ashyolar.
18.1.Bахtsiz hоdisаlаrdа shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi.

Bахtsiz hodisalarda shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ular-ning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarini imkoniyat darajasida kamaytirish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir.

Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shi-kastlanganlariing o‘z-o‘zlari va bir-birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitar drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam tur-kumiga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; suniy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish; turli zahri qotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan o‘tkazish va h.k.

Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan tugashi, ba’zan asa, shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shundan og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, bolalarga va shu fursatda kechiktirib bo‘lmas tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa hayotdan ko‘z yumish ehtimoli bor bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor berila-di. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birin-chi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyii jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va shuidan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga iyaingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə