Termiz davlat universiteti


Zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə137/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   332
2 5231185375283646269

21.2.Zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

Tibbiy xodim yetib kelguncha is tekkan odamni iloji boricha sof havoga olib chiqish, novshadil spirti yoki archilgan piyoz hidlatish, ko‘kragini uqalash, ko‘rpaga o‘rash, atrofiga isitgich qo‘yish, achchiq, qaynoq choy yoki qahva, qatiq ichirish zarur.

Buning uchun ham har bir fuqaro ishlab chiqarishda bo‘lgan va favqulodda holatlarda keng qo‘llaniladigan shaxsiy, individual aptechka (AI- 2)ning tuzilishi va ishlatilish bilan yaqindan tanish bo‘lmog‘i lozim.

Individual aptechka (AI-2)da radiofaol zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan shikastlanishning shaxsiy muhofazasi uchun mo‘ljallangan zarur tibbiy vositalar mavjuddir. U yetti xonali plastmassa qutichadan iborat. Shu xonalarda tibbiy vositalar solingan maxsus penallar bor.

№1 xona - og‘riqqa-qarshi vosita joylangan tyubik-shprits uchun;

№2 xona - fosfor organik zaharlovchi moddalarga qarshi qizil rangli 6 ta antidot (ziddizahar) uchun. Muhofaza maqsadida 2 tabletka ichiladi. Za-harlanishning dastlabki belgilari paydo bo‘lganida esa, yana bitta tabletka ichiladi.

№3 xona - cho‘zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan ja’mi 15 ta tabletka bo‘ladi. Bular radiatsion nur ta’sir ettanidan so‘ng me’da-ichak faoliyati buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har kuni 4 tabletkadan ichiladi.

Bakteriyalarga qaraga №2 xonadagi vosita yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ichiladi, chunki nur ta’siriga yo‘liqqan organizmning himoya xususiyati susayib, shunday kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.

№4 xona - oq qopqoq bilan berkitilgan pushti rangli ikkita penalda radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositadan 12 ta tabletka bo‘ladi. Radiatsion shikastlanishdan saqlanish maqsadida "Radiatsion xatar!" degan ogohlantiruvchi signalga muvofiq, nur ta’sir qila boshlashidan 30 - 60 daqiqa oldin yoki fuqaro muhofazasi xodimlari alohida tayinlagan vaqtda bir yo‘la bta tabletka ichiladi.

№5 xona - bo‘yalmagan ikkita panelda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan jami 10 ta tabletka bo‘ladi. Bakterial vositalarning yuqish xavfi tug‘ilganida yoki kasallik yuqib, odam jarohatlanib, kuyib qolganida shoshilinch muhofaza chorasi sifatida shu tabletkadan 6 tasini, oradan 6 soat o‘tgach, yana 6 tasini ichishi shart.

№6 xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi №2 vositadan ja’mi 10 ta tabletka bo‘ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‘tlab yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‘lsa, 10 kun davomida har kuni bir donadan ichiladi.

№7 xona - oq rangli panealda jami 5 ta tabletka bo‘lib, ular qusishga qarshi vositadir. Odamning boshi lat yegani, silkinganida yoki birlamchi nur reaksiyasi ta’siri natijasida paydo bo‘lgan qusishning oldini olish maqsadida shu tabletkadan bir donadan ichiladi.

Umuman olganda, mazkur shaxsiy dori qutichasidagi tibbiy vositalar 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va har safar katta yoshdagi kishilar dozasining 1 /4 qismi miqdorida, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa, 1/2 qismi miqdorida beriladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi №2 vositalar bu hisobga kirmaydi, bu vositalar bolalarga to‘liq dozada beriladi.

Quticha qopqog‘ining ichki tomonida qaysi xonada qanday tibbiy vositalar borligi ko‘rsatilgan, shuningdek, ularni qanday ishlatish zarurligi haqida eslatma ham bo‘ladi.

Fosforli zaharli moddalar bilan shikastlanganda so‘lak oqishi, ko‘z qorachig‘ining torayishi, ko‘zdan yosh oqishi, nafas olishshgag qiynalishi, mu-shaklarning tirishib tortishishi qayd etilganida, tibbiy xodim yetib kelgunicha 3- 4 tabletka besalol ichiriladi yoki darhol tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinadi. Bunday hollarda kimyoviy zararlanish o‘chog‘iga kirishdan oldin shaxsiy individual aptechka /AI 2/ dan muhofazaviy dozada 1 tabletka (antidot- ziddizahar) olib ichib, kimyoviy muhofaza kiyimi, rezina etik, qo‘lqop va protivogaz (gazniqob) larni kiyib olish zarur.

Fosforli zaharli moddadan shikastlanish ro‘y berganida gazniqob kiyib olingandan keyin darrov og‘ir shikastlangan odamga 2 doza, o‘rtacha shikastlangan odamga esa, 1 doza miqdoridagi ziddizahar tyubik-shprits yordamida mushaklari orasi yoki terisi ostiga yuboriladi. Yengil darajada shikastlangan odamga gazniqob kiydirishdan oldin tilining tagiga tashlash uchun shaxsiy aptechkaning №2 xonasidagi qizil rangli pshaldan 2 tabletka ziddizahar olib ichiriladi yoki tyubik-shprits yordamida 1 doza ziddizahar yuboriladi. So‘ngra badan terisining ochiq joylari kimyoviy moddaga qarshi shaxsiy, individual paket /IGSH/ dagi maxsus suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi. Bunday maqsadlarga IPP-8, IPP-9 va IPP-10 lardan ham keng foydalanish mumkin.

Gazniqob kiyib olingan bo‘lsa, paketni ochib, tamponni suyuqlik bilan ho‘llash va badan terisining ochiq joylari, bo‘yin va qo‘llarni, kiyim yoqasi va yeng uchlarining badanga tegib turgan joylari, shuningdek, gazniqobning yuz qismini ham artish zarur.

Gazniqob kiyilmagan bo‘lsa, ko‘zni mahkam yumib, yuz va bo‘yin terisini maxsus suyuqlik bilan ho‘llangan tampon yordamida artish joiz. Ko‘zni ochmay turib, uning atrofydagi terini quruq tampon bilan artgach, gazniqob kiydi-riladi. So‘ngra yana tamponi ho‘llab, qo‘l panjalari, kiyim yoqasi bilan yeng-larning badanga tegib turadigan sohalari artiladi. Bu suyuqlik bilan yuz te-risiga ishlov berilayotganida ko‘zni nihoyatda ehtiyot qilish lozim.

Favqulodda vaziyatlar yuz berganda aholining muhofazasi uchun shaxsiy himoya vositalari mavjud. Shaxsiy himoya vositalari inson tanasi ichiga, te-risiga va kiyim-boshlariga turli zaharlovchi, radiofaol moddalar, bakterial vositalar tushmasligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Bular avvalambor GP-5 va eng yangi rusumdagi GP-7 fuqarolar gazniqoblaridir. SH-7 nafas yo‘llarini, ko‘z va yuzni zaharli moddalardan ishonchli muhofaza qiladi.

Bir yarim yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy himoya vositasi sifatida KZD-3 maxsus bolalar himoya kamerasidan foydalanish mumkin. Uning korpu-siga o‘rnatilgan ko‘rish oynasi bolaning nima bilan mashg‘ul ekanligini kuzatish imkoniyatini beradi. Kamera qo‘lda va yelkada ko‘tarib yurishga mo‘ljallangan uni chang‘i yoki bolalar aravachasining shassisiga ham o‘rnatish mumkin Shuningdek, respiratorlar ham mavjud bo‘lib, ular nafas yo‘llarini radiofaol, ishlab chiqarishdagi va tabiiy changlardan himoyalanish uchun ishlatiladi. Ulardan bakterial vositalar bilan zaharlangan yerlar, aerozol ko‘rinishdagi havoga yoyilgan bakterial vositalarga qarshi himoyalanishda ham foydalanshi mumkin . 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kattalarnikidan o‘lchami bilan farq qiladigan bolalar respiratorlari ham mavjud.

Bundan tashqari yuqorida ta’kidlaganimizdek, shaxsiy bog‘lam paketi (GSHI), kimyoviy moddalardan shaxsiy muhofaza paketi (IPP-8), shaxsiy dori qutichasi (IA-2) ham muhofaza vositalari turkumiga kiradi.

Gaznniqob va respiratorlardan tashqari nafas olish a’zolarini himoyalash maqsadida uy sharoitida oddiy vositalaridan ham foydalanish mumkin. Ularga paxta-doka yoki satin bog‘lamlari, changga qarshi mato niqoblar kiradi.

Terini himoyalashning oddiy vositalariga esa, ishlab chiqarish jarayoniga moslangan (brezeyat yoki uning aralashmasidan tikilgan maxsus kapyushonli plashlar, rezina aralashmasi, xlorvinil bilan qoplangan matolardan tikilgan) kiyimlar kiradi.

Bunday murakkab sharoitlarda faqat zarurat tug‘ilsagina, bunga tegishli shart-sharoitlar bo‘lsagina, shikastlanganlarga sun’iy nafas oldirish usullari qo‘llanadi va ular iloji boricha tezroq davolash muassasasiga jo‘natilishi shart. Zaharli moddalardan shikastlanishga yo‘l qo‘ymaslik yoki uning oqibatlarini susaytirish maqsadida shikastlanganlar sanitariya shilovidan o‘tkazilishlari zarur. Bunda ularning kiyim-kechaklari, himoya vositalari, shuningdek, barcha anjomlari tegishli usullar bilan zararsizlantiriladi, ya’ni degazaniya qilinadi. Bunday sanitariya ishlovi sharoit va zaruratga qarab, qisman yoki to‘llq bo‘lishi mumkin.



Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə