Termiz davlat universiteti



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə150/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   332
2 5231185375283646269

2. Ish joyida instruktaj. Har qanday ishchi yangi ishga kelgan joyida, bir ishdan boshqa ishga, bir mashinadan boshqa mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga ko’chirilganda ishchilarga ish joyidagi instruktaj o’tkaziladi. Ish joyidagi instruktajda quyidagi ma’lumotlar beriladi: ishchining doimiy ish joyi va sexdagi texnologik jarayon bilan tanishtirish, havfli uchastkalar; ishlatiladigan uskuna va dastgoxlarning tuzilishi tushuntiriladi, muhofaza qurilmalari va vazifalari bilan tanishtiriladi, uskuna va moslamalarning sozlanganligi va erga ulanganligini tekshirish usullari, shaxsiy muhofaza vositalarining vazifalari va foydalanish qoidalari, kislotalar va zararli ximik moddalar bilan ishlaganda havfsizlik qoidalari, yuklarni taxlash va tashish, odam va hayvonlarni tashish qoidalari. Ish joyidagi instruktaj o’tkazilgandan so’ng ishchilar bilimi tekshirilib,

1-jadval bo’yicha jurnal to’ldiriladi va ular 2-5 kun davomida brigadir nazoratida ish bajaradilar.


1-jadval. Mehnat havfsizligi bo’yicha o’tkazilgan instruktajlarni qayd qilish jurnali.



Instruk-taj o’tkazilgan

sana


Familiyasi,

Ismi,


Sharifi

Kasbi


Instruktaj

turi


Instruk

taj


mavzusi

Instruk

taj


olgan kishi imzosi

Instruk

taj


o’tkazgan

kishi imzosi



Eslat

ma


1

2

3

4

5

6

7

8

9














































































































3.Rejali yoki takroriy instruktaj. Bu instruktajni o’tkazish vaqti korxona kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan xolda 6 oyda bir martadan kam bo’lmagan holda belgilanadi. Instruktajning mazmuni ish joyidagi instruktaj mazmuni bilan bir xil bo’lib, hamma ishchilar bilan ish staji, kasbi, razryadidan qat’iy nazar o’tkaziladi. Instruktaj o’tkazilgandan so’ng

2-shakl to’ldirilib, jurnalga yozib quyiladi.



4.Rejadan tashqari instruktaj. Agar, mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna va moslamalar tuzilishida, xomashyo materiallarida o’zgarish bo’lsa, shuningdek ba’zi bir ishchilar havfli ish usullaridan foydalanayotganligi sezilsa, mehnat intizomi va havfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, ishchining ishlayotgan joyida biron bir sabab bilan (30-60 kun) uzilish ro’y bersa va boshqa xollarda rejadan tashqari instruktaj o’tkaziladi. Bu instruktaj ham ish joyida instruktaj dasturiga asosan o’tkaziladi va 2-shakl bo’yicha jurnal to’ldirilib, instruktaj o’tkazish sababi ko’rsatiladi.

5.qo’shimcha instruktaj. Bu instruktaj baxtsiz hodisadan keyin, agar u ayni korxonada yuz bergan bo’lsa, so’nggi instruktaj berilgan sanadan qat’iy nazar hamma ishlovchilar bilan qo’shimcha instruktaj o’tkaziladi. Instruktaj o’tkazilgandan keyin 2-shakl bo’yicha jurnal to’ldirilib, instruktaj o’tkazish sababi ko’rsatiladi.

Oylik o’qish kurslarida kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo’lgan elektroqurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar, balandlikda ishlovchi montajchilar, izolyasiyalovchilar, elektr-gaz payvandchilar va yuqori havf manbaida ishlaydigan ishchilar o’qiydi. Ular tashkilot bosh injeneri tasdiqlagan dastur asosida ishlarning havfsiz usullariga o’qitiladi. O’qitish tugagandan so’ng xodimning ishlab chiqarish sanitariyasi yuzasidan, havfsizlik texnikasi va yong’in havfsizligi bo’yicha bilimi tekshirilib, unga ishlash uchun guvohnoma beriladi.

Mehnat havfsizligi bo’yicha instruktaj o’z vaqtida berilmasa yoki sifatsiz o’tkazilsa tashkilot rahbarlari qonun – qoidalar bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.


Nazorat savollari


  1. Mehnat muhofazasining xuquqiy asoslarini qaysi hujjatlar belgilaydi?.

  2. Mehnat Kodeksida ''Mehnat muhofazasi '' bo’limining mazmuni nimadan iborat ?

  3. Ayollar va yoshlar mehnatiga qarday imtiyoz va kafolatlar berilgan?


3-Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va salomatlikka boshqa xil zarar etkazilishi to’g’risida H-1 shaklli dalolatnomani to’lg’azish .

Ishdan maqsad. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni aniqlash va analiz qilish hamda H- 1 shaklli dalolatnomani to’lg’azishni o’rganish.


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə