Test savollari va ularning javoblari


Mehnat shartnomalarining muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni tanlang



Yüklə 85 Kb.
səhifə4/5
tarix28.02.2023
ölçüsü85 Kb.
#101672
1   2   3   4   5
TEST-SAVOLLARI-VA-ULARNING-JAVOBLARI

15. Mehnat shartnomalarining muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni tanlang.

  1. nomuayyan muddatga;

  2. besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;

  3. o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muayn muddatga;

  4. muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.



16. Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar tarkibiga kirmaydi?
a) pasport;
b) mehnat daftarchasi;
c) harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqida guvohnoma;
d) tavsifnoma.


17. Og‘zaki mehnat shartnomasi tuzilishiga ...
a) yo‘l qo‘yiladi;
b) yo‘l qo‘yilmaydi;
c) taraflarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi;
d) ishning xususiyatiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.


18. Xodim bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmagan va buyruq chiqarilmagan bo‘lsa-yu, ammo xodim amalda tegishli ruxsat bilan ishlashni boshlagan bo‘lsa...
a) amalda mehnat shartnomasi tuzilganligini anglatadi;
b) xodim ishga qabul qilinmagan sanaladi;
c) bu masalani ish beruvchi hal qiladi;
d) mehnatga oid munosabatlar vujudga kelmagan deb hisoblanadi.


19. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov nima maqsadda belgilanadi?
a) xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
b) uning jismoniy qobiliyatini tekshirib ko‘rish;
c) uning xarakterini aniqlash;
d) uning ishonchlilik darajasini aniqlash.


20. Quyidagi shaxslardan qaysi birini ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo‘llash mumkin?

  1. homilador ayollarga;

  2. olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinayotgan shaxslarga;

  3. o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  4. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilariga.



21. O’z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko‘ra o‘smir sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh necha yoshdan kam bo‘lmasligi kerak?

  1. 17 yoshdan;

  2. 18 yoshdan;

  3. 20 yoshdan;

  4. 22 yoshdan.




Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə