Test topshiriqlari
Termiz davlat universiteti Denov filiali Pedagogika fakulteti
Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili ta’lim yo’nalishi 2- kursda o’tiladigan O’zbek dialektologiyasi fanidan
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi lahjaga kiradigan shevalar asos qilib olingan?
*qarluq lahjasi
qipchoq lahjasi
o‘g‘uz lahjasi
qarluq va qipchoq lahjasi
2. Sifatlovchi o‘z sifatlanmishiga qanday yo‘l bilan birikadi?
moslashuv yo‘li bilan
*bitishuv yo‘li bilan
boshqaruv yo‘l bilan
bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan
3. Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?
atamalar
paronimlar
terminlar
*shevaga xos so‘zlar
4. Xalq shevalari adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qilishi mumkin?
fonetik jihatdan
leksik jihatdan
grammatik jihatdan
* A) B) C)
5. Lahja atamasi qanday tushunchani anglatadi ?
ma’lum shevaning kichik bir qismi
*bir-birga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisi
«sheva» atamasi sinonimi sifatida ishlatiladi
xalq tilining ma’lum bir meyorlarga keltirilgan shakli
6. Turkiy xalqlar qaysi asrlarda Urxun- Enasoy yozuvidan keng foydalanganlar?
II-III asrlarda
*V-VIII asrlarda
VI-XI asrlarda
VII-XI asrlarda
7. Xalq shevalarning qanday shakli mavjud?
*faqat og‘zaki shakli
faqat yozma shakli
adabiy til shakli
umumxalq tili va adabiy tili shakli
8. Sirg‘aluvchi tovushlar ko‘rsatilgan qatorini aniqlang?
sh, j, q
*s, z, sh
p, ch, dj
m, n, h
9. Sirg‘aluvchi J tovushini ifoda etuvchi so‘zlar qatorini aniqlang?
jimjit, g‘ijjak
jo‘yak, garaj
*vijdon, ajdod
jumla, janob
10. -M egalik qo‘shimchasining vazifasi to‘g‘ri ifodalangan javobni belgilang?
fe’llarga qo‘shilib, birinchi shaxsni ifodalaydi
fe’llarga qo‘shilib, ot yasaydi.
*unli bilan tugagan otlarga qo‘shilib qarashlilikni ifodalaydi
fe’llarga qo‘shilib, miqdor anglatuvchi ot yasaydi.
11. –ga qo‘shimchasining ko‘rinishalari to‘g‘ri belgilangan javobni toping?
K tovushi bilan bitgan otlarda –ka shakliga ega bo‘ladi.
g‘, q tovushi bilan bitgan otlarda -qa shakliga ega bo‘ladi.
shevalarda -g‘a, -qa, -gə, -kə, -a, -ə, -nə, -g‘an shaklida ham uchraydi.
*A, B va S
12. O’zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida boyish manbalarini belgilang.
A)o’zbek tili so’z yasash usullari asosida yangi so’z yasash.
yaqin munosabatlarda bo’lgan xalqlar tilidan bevosita so’z olish.
xalq shevalaridan so’z olish.
*А, С.
13. H tovushining paydo bo’lishi o’rni ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
labda
til oldida
*bo’g’izda
burunda
14. Nutq qanday til birliklaridan tashkil topadi?
nutq tovushlaridan
so’zlardan
so’z birikmalaridan gaplardan
*A, B, S
15. Hayotimizda adabiy tilning mavqei, ta'siri kuchayib borgan sari sheva so’zlarining qo’llanishi doirasi qanday bo’ladi?
sheva so’zlarining qo’llanish doirasi kengayadi.
*sheva so’zlaridan adabiy tilga o’zlashishi kuchayadi.
sheva so’zlarining qo’llanish doirasi zaiflashadi.
A, S
16. O’zbek adabiy tilning boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
*ichki manba
tashqi manba
shevalar adabiy til uchun manba bo’la olmaydi.
A, S.
17. Qaysi qatorda yasama so’z berilgan?
poslag’ (adabiy orf. po’stloq)
qumlaq (adabiy orf. qumloq)
bayən qo’maq
*A, B
18. O’zbek tili qarindoshlik darajasiga ko’ra qaysi tillar guruhiga mansub?
Roman tillar guruhiga
Mo’g’ul tillar guruhiga
Hind-yevropa tillar oilasiga
*Turkiy tillar guruhiga
19. Til vositalarining nutqda ishlatilishi imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
*Leksikologiya
Grammatika
Uslubiyat
Dialektologiya
20. O’zbek tili qaysi til oilasiga mansub?
Eron
Roman
Hind
*Oltoy
21. J-lovchi shevalarda ko’plik affiksining qo’llanishi nimaga bog’liq bo’ladi?
*o’zak-negizning qattiq-yumshoqligiga bog’liq bo’ladi.
o’zakning qattiqligiga.
o’zakning yumshoqligiga.
A, B.
22. Til orqa unlili o’zak-negiz sonor tovushlar bilan tugagan bo’lsa, ko’plik qo’shimchasi –lar qay tarzda bo’ladi?
lər
*-nar
-dar
-tar
23. Tilshunoslikning morfologiya bo’limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
*modal so’zlar, ravishdosh, harakat nomi
ot kesim, undalma
aniqlovchi
A, B
24. Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko’rsatilgan?
b, p, d, t
*ə, γ, u, o, ѳ, є, ye
t, k, dj, ng
dj, ng, ə, o, ѳ
25. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra b va p undosh tovushlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping?
*b-lab undoshi, lab-lab; p-lab undoshi, lab-lab
b-jarangli undoshi, p-jarangsiz undoshi
b va p portlovchi undoshi, tovush
A, B
26. Quyidagi ko’p ma’noli so’zlardan qaysi biri tez so’zi bilan antonim bo’la oladi?
achchi
tɔllo’
*ɔ:ур
джадал
27. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar necha xil bo’ladi va ular qaysilar?
3 xil: zamon, mayl, nisbat
2 xil: unumli va unumsiz
*3 xil: kelishik, egalik va shaxs-son
2 xil: tub, yasama
28. Faqat ovoz (un) dan hosil bo’luvchi undoshlar qatorini ko’rsating?
y, h
b, d, r, l
m, t, d
*m, n, ng, l, r
29. Qaysi undosh tovushi lablar bir-biriga yaqinlashganda, oradagi tirqishdan sirg’alib chiqadi?
d
s
r
*m
30. Qaysi undosh tovush pastki lab bilan ustki tish orasida hosil bo’ladi?
d
s
v
*f
31. Qaysi tovush tilning tanglayga tegishi paytida havoning ikki yondagi tirqishdan sirg’alib chiqishdan hosil bo’ladi?
y
r
q
*l
32. Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor?
26 ta
*23 ta
35 ta
10 ta
33. SHevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan?
maktab, suv, tosh
yaxshi, yomon, sariq
men, sen, biz
*moma, mayak, o’jak
34. Tilning old qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushlarni belgilang?
v, f
b, p
*d, t
ch, k
35. Tilning eng orqa qismida hosil bo’ladigan undosh tovushlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
*q, x
g’, k
h, g
y, n
36. qaysi qatorda harflar alfavit tartibida yozilmagan?
j, z, i, y, k
n, o, p, r, s
f, x, s, ch, sh
*e, ya, yu, o’, q
37. qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so’z berilgan?
paxta
*zavod
bog’bon
sassiz
38. «ң» bir tovushni ifodalagan so’zlarni belgilang?
tγңi, uңa
tɔңi, atəңiz
toңgi, deңiz
*B, S
39. qaysi qatordagi so’zlarda sirg’aluvchi «J» tovush berilgan?
janob, Jomiy
jar, ajina
*g’ijduvon, gijda
jajji, jazo
40. Bitishuvli so’z birikmasini toping?
qiz husni
γkəmichγn ɔldim
*birdən gəpirmaq
γkəmdən ɔlmɔq
41. Ega bilan kesim qaysi shaxsda hamma vaqt sonda mos bo’ladi?
1 shaxsda
2 shaxsda
3 shaxsda
*1 va 2 shaslarda
42. Turkiy tillarga oid dastlabki yozma yodgorliklar qaysi asrlarga tegishli?
V-VI
*VI-VII
VIII-IX
X-XI
43. qaysi qatorda tartib sonlar to’g’ri yozilgan?
7-sinf, 2001-yil, 2-guruh
VII- sinf, 2001-yil, 2-guruh
yettinchi sinf, 2001 yil, 2 guruh
*7-sinf, 2001 yil, 2-guruh
44. Obyektni o’rganish jihatidan dialektologiya necha turli bo’ladi?
*tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya, 2) tarixiy dialektologiya
sheva va lahja
dialekt va sheva
tasviriy dialektoloiya, sheva
45. Dialektologiya fanining obyekti nimalardan iborat?
*mahalliy dialekt, lahja, sheva
mahalliy dialekt
lahja, sheva
A, B
46. O’zbek shevalarini o’rganishning qanday ahamiyati bor?
o’zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik normalarini belgilash, o’zbek orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish uchun
o’zbek adabiy tilining stilistikasini o’rganish uchun
xalq tarixi, etnografiyasini o’rganish uchun
*A, S
47. Transkripsiyaning qanday turlari bor?
fonetik transkripsiya
fonematik, fonologik transkripsiya
*fonetik transkripsiya, fonematik yoki fonologik transkripsiya
transliteratsiya
48. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv nima deb ataladi?
transliteratsiya
fonetika
*transkripsiya
leksika
49. Biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usuli nima deb ataladi?
fonetika
transkripsiya
*transliteratsiya
A, B
50. Prof. YE. D. Polivanov o’zining ilmiy ishlarida qanday transkripsiya belgilarini qo’llagan?
rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan
arab grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadaн
*lotin grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadaн
A, S
51. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyasidan kimlar o’z ilmiy ishlarida foydalanganlar?
*prof. A.K. Borovkov, prof. V.V.Reshetov
prof. A.g’ulomov
prof. Y.D. Polivanov
B, S
52. Tilshunoslikda keng miqyosda qo’llanadigan lotin alfaviti asosida tuzilgan transkripsiya qanday nom bilan yuritiladi?
*xalqaro fonetik alfavit
xalqaro fonematik transkripsiya
xalqaro transliteratsiya
B, S
53. Unlilarning turli variantlarini berish uchun transkripsiyada nechta belgi olingan?
13 ta
14 ta
*15 ta
16 ta
54. Old qator (yumshoq) unlilarni ko’rsating?
o, ə, ɔ, o’
ѳ, γ, ɔ, a, є
*γ, ѳ, ə, i, є
q, g, ɔ, a, э, е
55. Orqa qator unlilari qaysilari?
*o’, u, o, a, ɔ
e, ə, γ, o, ɔ
o’, u, ə, ѳ
ɔ, a, o’, ə
56. Indifferent (oraliq) tovushlarni ko’rsating?
o’, u, ъ
*ъ, ь, o’
ə, ɔ, γ
ъ, o’
57. Yuqori ko’tarilish unlilarini ko’rsating?
e, ѳ, o’, o
*i, γ, ’, ь, o’, u
є, e, o’
ə, o, a, ѳ
58. ( ) qavs qanday hodisani ko’rsatadi?
*shart bo’lmagan, tushib qoladigan elementni ko’rsatadi
taqqoslashni ko’rsatadi
o’tish hodisasini ko’rsatadi
o’zgarish hodisasini ko’rsatadi
59. // belgisi qanday hodisani ko’rsatadi?
o’zgarish hodisasini ko’rsatadi
taqqoslashni ko’rsatadi
*tovushlarning almashinishi va ikki faktning parallel qo’llanishini ko’rsatadi
hamma javob to’g’ri.
60. ` - akut belgisi qaysi tovushning o’ng tomoniga qo’yilib yumshalishni ko’rsatadi?
M-ning,
T-ning
*L-ning
P-ning
61. Lingvistik geografiya qachon paydo bo’ldi?
19 asrning boshlarida
*19 asrning o’rtalarida
19 asrning oxirida
A, B
62. Lingvistik geografiyaning asoschilari kimlar?
*Jan Jilyeron, Georg Venker, F. Vrede, P.Meyyerlar, I.I. Sreznevskiy
I.I. Sreznevskiy,
V.V.Reshetov
Georg Venker, A. G’ulomov
63. Russiyada lingvistik geografiyaning paydo bo’lishi va rivoji kimning nomi bilan bog’liq?
prof. I.I. Zarubin
prof. K.K.Yudaxin
*I.I. Sreznevskiy
prof. YE.D. Polivanov
64. Qachon sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasi «Rus tili atlasi» ni tuzishga kirishdilar?
1930 yilda
1932 yilda
*1935 yilda
1940 yilda
65. O’zbekistonda lingvo-geografik metod bilan shevalarni o’rganish qachon boshlandi?
1935 yilda
*1940 yilda
1941-1945 yillarda
1946 yilda
66. Dialektologik atlasning dastlabki namunalari qachon yaratilgan?
*19 asrning oxiri 20 asrning boshlarida
19 asrning ikkinchi yarimida
20 asrning o’rtalarida
20 asrning oxirida
67. O’zbek dialektlarini kartalashtirish ishini kim boshlab berdi?
*prof. V.V. Reshetov
prof. g’ozi Olim
prof. YE.D. Polivanov
prof. M.Mirzayev
68. O’zbek xalq shevalarini o’rgangan rus turkologlaridan kimlarni bilasiz?
*prof. Y.D. Polivanov, prof. K.K. Yudaxin, prof. A.K. Borovkov, prof.V.V. Reshetov
prof. Venker va Vrede
Yaberg va Yud
J.Jilyeron va Edmon
69. O’zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida boyish manbalarini ko’rsating?
o’zbek tili so’z yasash usullari asosida yangi so’z yasash
yaqin munosabatda bo’lgan xalqlar tilidan bevosita so’z olish
xalq shevalaridan so’z olish
*A, S
70. qanday so’zlar uslubiy betaraf so’zlar deyiladi?
shevaga xos so’zlar
ma’lum uslublarga xos so’zlar
faqat so’zlashuv uslubiyatiga xos so’zlar
*atama va kasb-hunarga xos so’zlar
71. qorluq-chigil-uyg’ur lahjasidagi shevalarda nechta unli fonema bor?
*9-10 ta
10-11 ta
11-12 ta
12-13 ta
72. O’zbek adabiy tiliga asos bo’lgan shevalarda unli fonemalar soni nechta?
*6-7 tadan oshmaydi
9 tadan oshmaydi
10 tadan oshmaydi
14 tadan oshmaydi
73. J-lovchi shevalardagi undosh fonemalari qanday ko’rinishlarga ega?
barcha undosh fonemalar bir-biridan farq qiladi
*deyarli bir xil
har xil ko’rinishga ega
A, B
74. Qarluq-chigil uyg’ur, qipchoq, o’g’uz lahjalari kimning tasnifida aks etgan.
E.D. Polivanov
*V.V. Reshetov
A.K. Barovkov
K.K. Yudaxin
75. Lab undoshlariga qaysi undoshlar kiradi?
t, k, sh, p, f
*p, b, (f), v, m
p, b, l, t, m
a, o, b, u, v
76. Til oldi undoshlariga qaysi tovushlar kiradi?
t, d, z, s, ch, sh, o, a, b, v
*t, d, z, s, ch, (j), sh, dj, n, l (l`), r
a, k, o, t, f, x, sh
A, B
77. Til orqa undoshlariga qaysi tovushlar kiradi?
*k, (kg’x`), g (gg’g`), ң (ң g’ ң`), x, q, g’ (g’`)
K, T, X, F, ң (ң g’ ң`), x
t, d, j, jd, ch
a, γ, ѳ, , m, ң
78. Portlovchi bo’g’iz (’) tovushi arab tilidagi qaysi tovush o’rnida qo’llanadi?
*ayn va hamza
sin va shin
dol va zol
to va zo
79. H fonemasi arab va fors so’zlarida qaysi tovush o’rnida qo’llanadi?
ayn va hamza
*hoyn havvaz va hoyi hutti
dol va zol
sin va shin
80. Morfologik jihatdan to’g’ri bo’linish berilgan qatorni toping?
bo’g’in va tovush
*o’zak va affikslarga
urg’ularga
so’z turkumlariga
81. Fonetik jihatdan to’g’ri bo’linish berilgan qatorni toping?
o’zak va affikslarga
*bo’g’in va tovushlarga
o’zak va tovushlarga
bo’g’in va affikslarga
82. Agar keyingi tovush o’zidan oldin kelgan tovushga o’xshasa nima deyiladi?
*progressiv assimilyatsiya
regressiv assimilyatsiya
assimilyatsiya
dissimilyatsiya
83. Dissimilyatsiya qanday hodisa?
*qarama-qarshi bo’lgan fonetik hodisa
maxsus pauza bilan aytiladigan fonetik hodisa
portlovchi tovushning sirg’aluvchi tovushga o’tishi
unli tovushlarning tushib qolishi
84. Tovushlarning o’rni almashishi qanday hodisa deb ataladi?
assimilyatsiya
dissimilyatsiya
*metateza
spirantizatsiya
85. Qarshi shevasida tushum va qaratqich kelishiklari qanday affikslar orqali ifodalanadi?
-do’ng//to’ng ~ -ding//ting
*-n’ ~ d’ //-t’
-ding ~ -d’//-t’
-do’ng//-to’ng
86. qarshi shevasida o’rin-payt va jo’nalish kelishiklari qanday affikslar orqali ifodalanadi?
*-ya ~ ga//-ka//qa
-g’a//ga//-yə
-na//nə
-ya//-ka
87. O’g’uz guruhi shevalarida jo’nalish kelishigi qanday affikslar orqali ifodalanadi?
-da//də
-no’//-ni
*-g’a//-g//yə -a//-ə
-ta//də
88. Toshkent shevasida ng, v, y undoshlaridan so’ng sporadik ravishda -n’ qolgan holatlarda so’z oxiridagi undoshga moslashgan holda nechta variantga ega?
15 ta
16 ta
17 ta
*19 ta
89. Xorazm shevasida ko’plik affiksi-lar so’zlarga qanday holatda qo’shiladi?
-nar//-dar//-tar
*-la(-lə) -lar (-lər) a-ə
-la-a-ə
A, B
90. Toshkent shevasida -lγg affiksi nimani bildiradi?
qaratqich kelishigi affiksini
chiqish kelishigi affiksini
*egalik affiksini
A, B
91. Surxondaryo o’zbek shevalarida ko’plik affiksi -lar ning o’ziga xos qanday variantlari uchraydi?
-tar -dər
-lar//-lər
*-aq
-lar, -nar, -ar
92. Ko’plikning o’ziga xos -aq formasi Surxondaryo viloyatining qaysi tumanlarida uchraydi?
*Angor, Termiz, Jarqo’rg’on, SHerobod
Boysun, Sho’rchi, Denov
Sariosiyo, Uzun
Oltinsoy, Denov
93. Surxondaryo «djopkərchi» Toshkentda sotəs sƆvu:, quru: yuqori qashqadaryo shevalarida «dəvəң, dongəzvak» kabi so’zlar qaysi so’z turkumini bildiradi?
ot
olmosh
*sifat
son
94. Surxondaryo o’zbek shevalarida -roq affiksining qanday variantlari uchraydi?
*-shin, -mto’l
-raq-roq
g’o’sh, qo’l
ish, -g’o’sh
95. SHevalarda numerativlar ko’pincha qaysi so’z turkumiga oid bo’ladi?
son
*ot
sifat
olmosh
96. Surxondaryo qipchoq shevalarida xarakterli-Əri (kotƏrƏri) affiksimavjud bo’lib fe’lning funksional formalaridan qaysisini bildiradi?
sifatdosh
ravishdosh
*harakat nomi
o’zlik nisbati
97. Dialektologlar monografik tekshirish ishlarini qanday aspekt olib boradilar?
*tavsifiy aspekt, ya’ni dialektografik va tarixiy aspekt, tarixiy-dialektologik aspekt
tavsifiy va dialektografik aspekt
tarixiy aspekt
dialektologik aspekt
98. Dialektlarni tarixiy jihatdan o’rganish nima uchun zarurdir?
o’tmishni oydinlashtirish uchun
yozma yodgorliklarni o’qish uchun
*o’tmishni oydinlashtirish, til tarixi dialektologik atlas tuzishdagi
lingvo-geografik tadqiqotlar uchun
99. O’zbek tili sheva dialektlarning leksikasi qanday qatlamlardan iborat?
sof o’zbekcha so’zlar
maxalliy dialektlar
*sof turkiy leksik qatlam, arab va fors-tojik leksik elementlar,
rus-baynalminal leksika
100. Kelishiklar o’zbek shevalarida nechta?
ba’zilarida 6 ta, ba’zilarida 3 ta
*ba’zilarida 6 ta, ba’zilarida 5 yoki 4 ta
ba’zilarida 8 ta, ba’zilarida 9 ta
o’zbek shevalarida kelishiklar qo’llanmagan
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |