Texnalogiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlanirish vazirligi muhammad al-xorazmiy



Yüklə 23,87 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü23,87 Kb.
#180505
1   2   3   4   5   6   7
Texnalogiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlanirish vazirligi mu-fayllar.org

One-to-one (birga-bir)

Jadvaldagi bitta qator (record) boshqa jadvaldagi bitta qatorga bog’langan bo’ladi. Bunday munosabat kamdan-kam uchraydi va umuman olganda bunday jadvallarni jamlab yuborish tavsiya qilinadi. Misol uchun quyida birinchi jadval mamlakat (country) ikkinchi jadval esa poytaxt (capital) haqida ma`lumotlarni saqlaydi. Bu ikki jadval esa birga-bir munosabat bilan bog’langan. Ya’ni, bitta davlatning bitta poytaxti bo’lishi mumkin, bitta poytaxt esa faqat bitta davlatga poytaxt bo’ladi.


Yuqorida aytganimizdek, bunday holatlarda poytaxt nomini davlatning attributi sifatida saqlagan afzal.
Bunda bir jadvaldagi bitta qator (record) boshqa jadvaldagi bir nechta qatorlarga bog’langan bo’ladi. Masalan bitta mijoz bir nechta mahsulotlar xarid qilishi, bitta muallif bir nechta kitoblar chop etishi mumkin va hokazo. Bu munosabat one-to-many deb ataladi.
Bunday maʼlumotlar bazasini yaratishda, birinchi jadvaldagi birlmachi kalit, ikkinchi jadvalning attributi sifatida qo’shiladi. Yuqoridagi misolda Customers (mijozlar) jadvalidagi Customer ID birlmachi kalit hisoblanadi va bu kalit Customer Rentals (mijoz buyurtmalari) jadvalida ham mavjud. Mijozning ID raqamiga qarab, mijoz aynan qaysi mahsulotlarni olganini ko’rishimiz mumkin. Masalan, Andy ismli mijozning ID raqami 9003 va u kulrang bilan ajratilgan mahsulotlarni sotib olgan.
MS Access obyektlari.
Microsoft Access MBBT relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, unda local ma’lumotlar bazasini, SQL-serverida ma’lumotlar bazasi yoki fayl serveri uchun lokal tarmoqda umumiy ma’lumotlar bazasi yaratish uchun barcha uskuna vositalari, hamda foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashi uchun dastur ilovalarini tuzish imkoniyatlari mavjud.
Ma’lumotlar bazasi MDB-faylida quyidagi ob’yektlarni o‘z ichiga oladi:
  • jadvallar, so ‘rovlar, ma’lumotlar sxemasi;


  • formalar, hisobotlar, makroslar, modullar;


Formalar, hisobotlar va sahifalar ma’lumotlarni yangilash, ko‘rish, kriteriya bo‘yicha qidirish va hisobot olish uchun ishlatiladi. Bu ob’yektlar ilovalari elementlarni boshqarish deb ataluvchi grafik elementlardan yaratiladi. Boshqarishning asosiy elementlari ob’yektlarni bog‘lash uchun ma’lumotlar manbai bo‘lgan jadval yozuvlari xizmat qiladi.


Ob’yektlarga murojaatni avtomatlashtirish va ularning aloqasida dastur kodlari ishlatiladi. Faqat dastur kodlari yordamida to‘laqomli foydalanuvchi ilovalari olinadi. Dastur kodlarini tuzish uchun VBA modululi va makroslar ishlatiladi.Har bir ob’yekt va boshqaruv elementi xossalar to‘plamiga ega. Xossani aniqlash uchun ob’yektlar va boshqarish elementlarini to‘g‘rilash kerak.
Access ma’lumotlar bazasi oynasida uning ob’yektlari tasvirlanadi. Ob’yektlar bilan ishlashda barcha amallar, jumladan ma’lumotlar bazasini va ilovalarni yaratish ham shu oynada amalgam oshiriladi.
Jadvallar ma’lum bir narsa haqida ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratiladi – yagona axborot ob’yektdagi ma’lumotlar modeli predmetli sohasi. Jadval qator va ustunlardan iborat. Har bir ustun bir xarakteristik axborot ob’yekt predmet sohasi. Bu erda bir axborot ob’yekt nusxasi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Access ma’lumotlar bazasi o‘ziga 32768 tagacha ob’yekt qabul qilishi mumkin (formalar, hisobotlar va hokazo). Bir vaqtning o‘zida 2048tagacha jadval ochsa bo‘ladi. Jadvallarni quyidagi ma’lumotlar bazasidan import qilsa bo‘ladi. Masalan dBase, FoxPro, Paradox nizimlaridan, boshqa dasturlar va electron jadvallardan ham.
So‘rovlar bog‘langan jadvallarda kerakli ma’lumotlarni tanlash uchun kerak. So‘rovning javobi tanlangan jadvaldagi so‘ralgan narsani ko‘rsatadi. So‘rovda jadvalni qaysi satrini tanlashni ko‘rsatish mumkin. So‘rovmi QBE so‘rovlar yordamida shakllash mumkin.

Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə