Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash



Yüklə 101,07 Kb.
səhifə5/11
tarix28.05.2023
ölçüsü101,07 Kb.
#113639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qishloq xo`jalik texnikasi va qurollarini loyihalash va modellashtirishni o\'rganish

Traktorlar

Traktorlar vazifasi, ixtisosligi va ishlatiladigan sohasi bo‘yicha tavsiflanadi, jumladan, qishloq xo‘jalik, sanoat, o‘rmon sanoati, o‘rmon xo‘jaligi. Ushbu bo‘limda, asosan, qishloq xo‘jalik traktorlarini ko‘rib chiqamiz. Qishloq xo‘jalik traktorlari, o‘z navbatida, umumiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan universal, universal-chopiq, maxsus va o‘ziyurar traktorlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan traktorlar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda ko‘p quvvat talab qiladigan ishlarga mo‘ljallangan (shudgorlash, kultivatsiya, ekish va hokazo), ekinlarni chopiq, ularga ishlov berish va hosilni yig‘ib olish bundan istisno. Universal traktorlar — umumiy ishlarni bajarishga, bundan tashqari, chopiq ekinlarga ishlov berish va ularni yig‘ib olishga mo‘ljallangan. Universal-chopiq traktorlari — chopiq ekinlarni ekish, ishlov berish va yig‘ib olishga mo‘ljallangan, ayrim hollarda yerga dastlabki ishlov berish uchun ham qo‘llaniladi. Maxsuslashgan traktorlar — ekinlar turi va ishlab chiqarish sharoitlari bo‘yicha tavsiflanadi, masalan, paxtachilik, uzumchilik, mevachilik, sholikorlik, choy plantatsiyalarida ishlatiladigan, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, mini traktorlar va hokazolar bo‘lishi mumkin. O‘ziyurar traktor shassisi — universal-chopiq traktorining maxsus turi bo‘lib, uning oldidagi ramasiga mashina va jihozlar osilishi mumkin, masalan, Xarkov traktor zavodida chiqarilayotgan T-16M traktori.
Yurish qismi turi bo‘yicha – g‘ildirakli va zanjirli traktorlar G‘ildirakli traktorlar «g‘ildirak formulasi» bo‘yicha ham tavsiflanadi, bo‘linishning birinchi raqami uning umumiy g‘ildiraklar sonini, ikkinchi raqami esa, shu jumladan, nechtasi yetakchiligini ko‘rsatadi, oxirgi harf esa yetakchi va yetaklanuvchi g‘ildiraklarning o‘lchamlaridagi farqni bildiradi. Masalan, oddiy traktorning oldingi g‘ildiraklari yetaklanuvchi bo‘lib, ularning o‘lchami orqa yetakchi g‘ildiraklarga nisbatan kichik qilib ishlanadi (MT3-80, TTZ-80, TTZ-60, T28X4MC) va quyidagicha belgilanadi: 4x2. Agar g‘ildiraklari shunday o‘lchamda tayyorlanib old g‘ildiraklari ham yetakchi bo‘lsa, bunday traktorlar 4x4 qilib belgilanadi (MT3-82, TTZ-82, T-40A). Agar traktorning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lishi bilan birga o‘lchamlari ham teng bo‘lsa, bu rusumdagi traktorlarning belgilanishi 4K4b ko‘rinishda bo‘ladi (T-150K, K-701). Quyidagi jadvalda nominal tortish kuchi bo‘yicha qishloq xo‘jalik traktorlari 10 sinfga bo‘linishi keltirilgan.

T.r

Traktorning tortish sinfi

Nominal tortish kuchi, kH

Shu sinfga mansub traktor rusum

1

0,2

1,8 dan 5,4 gacha

Mini traktorlar

2

0,6

5,4 dan 8,1 gacha

TTZ-30

3

0,9

8,1 dan 12,6 gacha

TTZ-60, T-28X4

4

1,4

12,6 dan 18 gacha

TTZ-80, MT3-80

5

2

18 dan 27 gacha

T-50A

6

3

27 dan 36 gacha

DT-75M, T-150K

7

4

36 dan 45 gacha

T-4A

8

5

45 dan 54 gacha

K-100A, K-701

9

6

54 dan 72 gacha

T-100M

10

7

72 dan 108 gacha

T-130


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə