Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə33/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Ixtirochilik faoliyati muhandislik faoliyatining to‘liq siklini o‘zida ifodalaydi (biz uni X.Gyuygens asari misolida ko‘rib chiqdik): ixtirochi muhandislik borlig‘ining barcha asosiy element-lari – muhandislik qurilmasining funksiyalari, tabiiy jarayonlar, tabiiy sharoit va konstruksiyalar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlaydi (bunda mazkur elementlarning barchasi aniqlanadi, tavsiflanadi va hisob-kitob qilinadi). Mazkur nazariy tasavvurdan ixtiro deganda muhandislik faoliyati to‘liq siklining ayrim elementlari tushuni-ladigan odatdagi tasavvurni farqlash lozim.
Konstruksiyalash – muhandislik faoliyatining to‘liq bo‘lmagan sikli: muhandislik borlig‘ining asosiy elementlari o‘rtasidagi aloqalar ixtirochilik faoliyatida aniqlangan. Konstruksiyalashning vazifasi ayni shu aloqalarga tayanib, muhandislik qurilmasining konstruktiv tuzilishini belgilash (shu jumladan, hisob-kitob qilish)dan iborat. Konstruksiyalash – muhandislik ob’ektini yara-tish jarayonining shunday qismiki, u muhandisga, bir tomondan, maz-kur ob’ekt (uning vazifasi, ish tavsiflari, harakat xususiyatlari, sharoitlari va h.k.)ga qo‘yiladigan turli talablarni qanoatlanti-rish, boshqa tomondan esa – zaruriy (kerakli parametrlarga ega) tabiiy jarayonni ta’minlovchi konstruksiyalarni topish va ularni birlashtirish imkoniyatini beradi. Ixtiro ham, konstruksiyalash ham, ularga kiruvchi hisob-kitoblar ham, bir tomondan, muhandislik faoliyatining maxsus belgili vositalari (sxemalar, rasmlar, chizma-lar)ga, boshqa tomondan esa – maxsus bilimlarga muhtoj bo‘lgan. Avvaliga bular ikki xil – tabiiy ilmiy (tanlab olingan yoki maxsus yaratilgan) va sof texnologik bilimlar (konstruksiyalar, texnologik operatsiya va hokazolarning tavsiflari) bo‘lgan. Keyinchalik tabiiy ilmiy bilimlar o‘rnini texnika fanlari bilimlari egallagan.
Loyihalashda o‘xshash vazifa (muhandislik qurilmasi konstruk-siyasini belgilash) o‘zgacha yo‘l bilan, aniqroq aytganda, loyiha usulida hal qilinadi: loyihada muhandislik qurilmasi (mashina, mexanizm, muhandislik inshooti) faoliyati, tuzilishi va uni yaratish usuli tajribada olingan namunalarga murojaat etmasdan imitatsiya qilinadi va belgilanadi.
Texnika rivojlanish jarayonining muhandislik bosqichi texni-ka fanlarining rivojlanishi bilan ham, loyihalashning rivojlani-shi bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lgani bois, ularni oldinma-ketin ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə