Texnika falsafasi


Texnokratik nazariyalar va ularning mohiyati



Yüklə 32,63 Kb.
səhifə4/4
tarix26.05.2023
ölçüsü32,63 Kb.
#112996
1   2   3   4
10-Mavzu. TEXNIKA FANLARINING FALSAFIY MASALALARI

Texnokratik nazariyalar va ularning mohiyati.XX asr o‘rtalarida fan va texnikaning og‘ir kechishi umumiy tus ola boshlagan bir paytda shu jarayon ifodasi sifatida texnokratik (texnika xukumronligi) konsepsiya keng ko‘lamda tarqala boshladi. “Texnokratiya”ni birinchi marta T.Veblen o‘zining «Injenerlar va qadriyatlar tizimi” degan asarida qo‘lladi. U “Texnologik determinizmga” e’tiborni qaratgan holda, texnik mutaxassislarni ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyotga sodiq xizmat qiluvchilar, deb bilgan. Buning uchun ular birlashib, mamlakat sanoat ishlab chiqarishida muhim boshqaruv lavozimlarni egallash kerakligi e’tirof etilgan. A.Berl, A.Frishlar texnakratiya konsepsiyasini rivojlantirishdi. U. Otborn, S. Cheyz, Angliyada G.Uels va boshqalar tomonidan texnokratik nazariyaga asos solindi va faol targ‘ib qilindi. 30-yillarda AQSh da va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida texnokratik nazariya namoyondalarining maxsus jamiyatlari ta’sis etilgan edi. Ular fan va texnika sohasida sodir bo‘lgan buyuk siljishlarni, yangi sanoat tuntarishini texnik inqilob deb sharqlab, bu hodisa XX asr 20 – yillarida jamiyat qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi, endi jamiyatda olimlar, muxandislar xukumronligi davri boshlanib, ishsizlik, tengsizlik o‘rnini mo‘l-ko‘lchilik va rejali rivojlanish egallaydi, deya targ‘ib qilishga kirishdilar. Bu nazariyaning mohiyati jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga putur yetmasdan, texnika progressi asosida mamlakatlardagi ijtimoiy ziddiyatlarni xal qilish mumkin, deb isbot qilishga urinishdan va texnik taraqqiyot mohiyati va oqibatlarini bo‘rttirib tasvirlashdan iborat. 60-70-yillarda J.Gelbreytning “Yangi industrial jamiyat” kitobida “texnokratiya” tushunchasi rivojlantirilgan. Uning fikricha texnostruktura murakkab qatlamlardan iborat bo‘lib, bir butun texnik tizimni tashkil etadi. J.Gelbreyt jamiyatni
pastdan yuqoriga qarab bir –biriga bo‘ysinuvchi texnik tizim, kollektiv aql, kollektiv xal qilishni vujudga keltiradi deb xisoblaydi.Uning xulosalariga ko‘ra industrial jamiyat tarakqiy etishi rivojlanishi bilan “texnostruktura” iqtisodning rivojlanishi va jamiyatni boshqarishda xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun deydi u, jamiyatning siyosiy hokimiyati texnika mutaxassislari qo‘lida to‘planishi kerak, jamiyatni boshqarish esa ilmiy – texnik bilimga bog‘liq bo‘ladi.
Yüklə 32,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə