Texnologik xaritasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə8/36
tarix22.03.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#184182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
portal.guldu.uz-Ona tili(2)

Jadvalni to‘ldiring
1-guruh

avol

Moslashuv va uning belgilari?

(F) Fikringizni bayon eting




(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashti-ring




2-guruh


Savol

Bitishuv va uning belgilari?

(F) Fikringizni bayon eting




(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




(U) Fikringizni umumlashti-ring




Uyga vazifa: Badiiy matndan 5ta gap ajratib, sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlarni aniqlang.


3- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: So‘z birikmasi



Mashg‘ulot vaqti - 2 soat

Talabalar soni: 20-25 tagacha

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Mavzu

So‘z birikmasi

Amaliy mashg‘ulot rejasi:



  1. So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z

2.So‘z birikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari
3.So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: So‘z birikmasi va unda bosh hamda ergash so‘z, bosh so‘zning ifodalanishiga ko‘ra so‘z birikmasi turlari, tuzilishiga ko‘ra turlari, so‘z birikmasi va sintagmani bir-biridan farqlash, gapdagi tobe aloqa turlarini tahlil qilish


Pedagogik natijalar:

  • So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z haqidagi bilimlarni mustahkamlash ma’lumot berish.

  • So‘z irikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot berish.

  • So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot berish




O‘quv faoliyati natijalari:

  • So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z haqida ma’lumotga ega bo`lish.

  • So‘z irikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.

  • So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.




Ta’lim berish usullari

Anjuman, Aqliy hujum, FSMU

Ta’lim berish metodlari

Og‘zaki, hikoya, suhbat, ko‘rgazmalilik, namoyish qilish.

Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska.

Ta’lim berish sharoiti

Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob.



Amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi



Ish jarayonlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)

1.1. Mashg‘ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)

Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi

1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2- ilova)

Yozib oladi

2-bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)

Aqliy hujum savollar beriladi. (3-ilova).
2.1. Mavzuning birinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni sinaydi (4-ilova).
2.2. Mavzuning ikkinchi rejasi bo‘yicha savol-javob qiladi (5-ilova).
2.3. Mavzuning uchinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni tekshiradi (6-ilova).



Yozadi, savolga javob beradi.

Yozadi, savolga javob beradi.



“FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (7-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.

Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
Guruhlarda ishlaydilar.



3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.

Tinglaydilar

3.2. Talabalarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi

Yozib oladi

3.3. Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi.

Yozib oladi

1-ilova
Mavzu: So‘z birikmasi

  1. So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z

2.So‘z birikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari
3.So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: So‘z birikmasi va unda bosh hamda ergash so‘z, bosh so‘zning ifodalanishiga ko‘ra so‘z birikmasi turlari, tuzilishiga ko‘ra turlari, so‘z birikmasi va sintagmani bir-biridan farqlash, gapdagi tobe aloqa turlarini tahlil qilish
O‘quv faoliyati natijalari: So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z haqida, so‘z irikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari, so‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari haqida ma’lumotga ega bo`ladi.
2-ilova

Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.



3-ilova
1-topshiriq. Savollarga javob bering.

1. So‘z birikmasi nima?


2. So‘z birikmasida ergash so‘z va bosh so‘z.
3. So‘z birikmasining nominativ funksiyasi nima?
4. So‘z birikmasining hokim so‘z ifodalanishiga ko‘ra turlari.
5. Otli birikmalarda bosh so‘z.
6. Fe’lli birikmalarning xususiyatlari.
7. Sodda so‘z birikmalari.
8. Murakkab so‘z birikmalari.
9. So‘z birikmasi va sintagmani farqlang.
10. Erkin va turg‘un birikmalar nima?
4-ilova

2- topshiriq. Berilgan gaplarni so‘z birikmalariga ajrating va turlarini aniqlang.


1. Yigitning bu gaplari Zulayho uchun yangilik edi. (Jurnaldan). 2. Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi. (P.T). 3. Kambag‘allar kulbasidan boshlangan ochlik asta-sekin navkarlar, beklar qarorgohiga ham yetib keldi. (P.Q). 4. Andijon ko‘chalari tahlikali bir sukutga cho‘mgan edi. (P.Q). 5.Mening xalqim do‘stlik va birodarlikning qadrini biladi. (H.O). 6. Zarqishloqning katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. (S.A). 7. Shu jajji qizaloq tabiatida Tabiatning buyuk kamolin ko‘rdim. (E.V). 8. Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy).
5-ilova
3- topshiriq. Berilgan gaplardan murakkab so‘z birikmalarini ajrating.
1. Baxtga intilish intilishlarning intilishidir. (Feyerbax). 2. Uyatchanlik o‘z xatolaringni tan olishdan boshqa barcha hollarda o‘rinlidir. (Lessing). 3.Qalbdan chiqqan so‘z qalbga yo‘l oladi. (Nizomiy). 4. Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, Bilimiga ishongan tilagiga etadi. (Maqol). 5.So‘zlayotgan odamning gapini bo‘lishdan ham og‘ir dag‘allik yo‘q. (J.Lokk). 6. Oyog‘ida tik turgan dehqon tiz cho‘kkan oliftadan ming bora afzal. (Franklin). 7. O‘z yurtidan yuz o‘girganlar o‘z vijdonlaridan ham yuz o‘giradilar. (G.). 8. O‘z nomukammalligingni anglashing kamolotga etaklaydi.
6-ilova
4- topshiriq. Mavzuga oid testlarning javobini toping.

  1. Qaysi gapda boshqaruv va bitishuv aloqalari mavjud?

A. Terlar tuproq uzra quyilar duv-duv.
B. Yo‘lchi Unsinni eshik oldida to‘xtatdi.
C. Yerda oltin yaproqlar kabi yotar oy nuri.
D. Tinch va totuv yashamoqdamiz.

  1. So‘z birikmasi berilgan qatorni toping

A. Ukam uchun
B. Men o‘qidim
C. Tor uy
D. Imzo chekmoq

  1. Bitishuvli so‘z birikmasini toping.

A. qiz husni
B. ukam uchun olmoq
C. birdan gapirmoq
D. ukamdan olmoq

  1. Bizning ajdodlarimiz hamisha mana shu zaminda tinch yashaganlar. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?

A. 6 B. 3 C. 4 D. 5



  1. Bizning ajdodlarimiz hamisha mana shu zaminda tinch yashaganlar. Ushbu gapda nechta bitishuvli so‘z birikmasi bor?

A. 2 B. 3 C. 4 D. 1

  1. Kelishik qo‘shimchalari yordamida birikkan so‘z birikmasini toping.

A. moviy osmon, Zuhro yulduzi
B. tog‘ cho‘qqisi, kitob o‘qimoq
C. yoqimli kuy, dala yumushlari
D. a’lochi o‘quvchilar, kitob sevarlar uyushmasi

  1. So‘z birikmasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

    1. Ikki va undan ortiq so‘zdan tuziladi.

    2. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning birikuvidan tuziladi.

    3. Ikki mustaqil so‘zdan tuzilib, bitta tabiiy pauza bilan aytiladi.

    4. Ma’lum grammatik qonun-qoida asosida birikadigan, ikki va undan ortiq mustaqil so‘zning tobelanish asosida birikishidan tuziladigan sintaktik birlik.

  1. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?

A.4ta B.5ta C.3ta D.6ta



  1. Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanigan makon Vatandir! Ushbu gapda nechta to‘ldiruvchili birikma mavjud?

A.5ta B.3ta C.4ta D.6ta
7-ilova
FSMU texnologiyasi



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə