Texnologiyalar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#144207
1   2   3   4   5
ko-zi-ojiz-bolalarni-o-qitish-metodikasi-zamonaviy-texnologiyalar

1.
 
Ismlardan doimiy foydalanish. 
Ko‘zi ojiz bolalarga murojaat qilganda doimo ularning ismlarini aytib chaqirish 
lozim. Bunda ular siz boshqa bolaga emas, aynan unga murojaat qilayotganligingizni 
anglaydi. Ularni ko‘rganingizda, “Salom” desangiz u kimga murojaat 
qilinayotganligini anglamaydi va tabiiyki, yuzlarni tanish qobiliyatiga ega emas. 
Buning o‘rniga, “Salom, Sara, men ustozing Davidman. Ahvollaring qanday?” 
desangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usulni doimiy qo‘llash bolalar orasida 
yaxshi munosabatni o‘rnatishga ham yordam beradi. 
2.
 
Ko‘rishni anglatadigan so‘zlardan foydalanish normal holat. 
“Qara” yoki “Ko‘r” kabi so‘zlardan qochmang. Xuddi ularning ko‘ra oladigan 
tengdoshlari singari, bu so‘zlar ham ko‘r yoki ko‘zi ojiz bolalarning so‘z boyligining 
bir qismi bo‘lishi kerak, teginish, narsalarni yaqinlashtirib anglash yoki normal 
so‘zlashuvda “Ko‘rishguncha” deyish kabilar uchun. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(6), June, 2023 
910 
3.
 
Imo qilmang, doimo og‘zaki ifodalang.
Doskaga yozayotganingizda, o‘quvchilar o‘sha ma’lumotga ega bo‘lib borishi 
uchun har doim og‘zaki ifodalab boring. Yo‘nalish va holatni ifodalaydigan 
terminlarni qo‘llang, tepada/pastda, orqada/ro‘parada, chapda/o‘ngda va boshqa 
so‘zlar kabi. “Koptok u yerda” ta’rifining o‘rniga “Koptok eshikning oldida” 
ta’riflovchi jumlalarni qo‘llang. “U yerda”, “bu yerda” kabi so‘zlardan va 
gapirmasdan, imo orqali yo‘nalishni tushuntirishdan qoching, chunki ko‘zi ojiz 
bolalar bularni ko‘ra olmaydi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə