Texnologiyasi. Raqamli analitika (digital analitics)haqida tushuncha


Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish



Yüklə 15,58 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü15,58 Kb.
#180073
1   2   3   4
Big Data

Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, bir necha kun davomida raqamli transformatsiyaga erishish juda murakkab masala va fors-major holatlardagina muvaffaqiyatli amalga oshishi mumkin. Katta kompaniyalarda esa raqamli transformatsiya asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Accenture kompaniyasining texnologik strategiya amaliyoti bo’yicha menejeri A.Stepanov korporativ bulutli platforma yaratish talribasi bo’yicha o’z tajribasini o’rtoqlashgan. Bir oyda hizmatiga 25 mingdan ko’proq talab bo’lgan kompaniyada quyidagi muammolar bo’lgan: kompaniyaning 60% dan ortiq jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan qo’llab-quvvatlanmay qolgan, kompaniya biznes yuritishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan tizimlar texnik jihatdan qo’llab-quvvatlanmay qolingan, texnik jihozlar ko’p davr mobaynida yangilanmagan va shuning uchun ham biznesning ko’payib ketgan vazifalarini eplay olmay qolgan.
Kompaniya o’z rivojlanishining optimal vektoriga ega bo’lish maqsadida joriy faoliyatiga bulutli (Cloud) platformani tadbiq qilish va uning vositasida biznesning va informatsion texnologiyalarning o’zaro aloqasini o’zgartirishga qaror qildi.
Bulutli texnologiyani tadbiq qilish qarori ushbu holda IT-resurslarni qayta ishlash jarayonining tezlashishi, iste’molchilar orasida quvvatlarning dinamik taqsimlanishi mumkinlgi, aktual masalalar uchun IT-resurslarni qaytadan ishlatish mumkinligi va servis sifatini buzmadan turib, hisoblash resurslarini mashtablashtirish mumkinligi tufayli qabul qilindi. Bulutli platformani tanlashning iqtisodiy afzalliklariga biznes tarkibiy qismlari o’zaro hisobkitoblarining shaffofligini, aniq billing qilish imkoniyatlarini, IT-infratuzilmaga bo’lgan sarf-harajatlarning ishlatilganiga qarab to’lanishi (pay as you go) kabilarni ko’rsatishimiz mumkin.
Bulutda ish joyini tashkil qilish
Bulut (Cloud) ga nafaqat tizimlar, balki foydalanuvchilarning ish joylari ham joylashib oladilar. VDI (Virtual Desktop Infrastructure) lar biznesning raqamli transformatsiyasini amalga oshirish paytida IT-ning landshaftini ham o’zgartirib yuboradilar. VDI texnologiyasi juda ham yangi emas, u bozorda keng miqyosda ishlatildi. Virtual ish joylarining talab qilingan soniga bog’liq ravishda VDI tadbiq qilishning uch xildagi stsenariysi mavjud. Ularning ichida eng oddiyyi 20-50 ta hodimning ish joyini virtualizatsiya qilishga imkon beradigan kichikrik loyihalardir. Bunda biznes jarayonlarda xech nima o’zgarmaydi, chunki bu stsenariyda oddiy ish stantsiyalaridagi kabi bir xildagi boshqaruv uskunalaridan foydalaniladi. Ammo 200 atrofidagi foydalanuvchilar uchun bunday tizimni yaratish ancha murakkab, chuki bunda ishnochlilikka, monitoringga, rezerv nusxalashga va funktsionalga bo’lgan talablar paydo bo’ladi.

Yüklə 15,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə