Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə1/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kursishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

SERVIS” FAKULTETI


MARKETING” KAFEDRASI




60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi

MARKETING ASOSLARI” FANIDAN


Mavzu: Turizm xizmatlar bozorini segmentlash va maqsadli bozor istiqbolini aniqlash.
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
Marketing “ kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD) D.H.Xolmamatov


Bajardi:
MR-121 guruh talabasi
Jumayev Otabek


Samarqand – 2023
Reja:


Kirish:
1.Bozorni segmentlash tushunchasi mohiyati va mazmuni.
2.Segmentlash turlari va uning xususiyatlari.
3.Turizm xizmatlar bozorini segmentlash va istiqbolini belgilash.
4.O’zbekistonda turizm sohasini maqsadli segmentlarini takomillashtirish yo’llari.
Xulosa va takliflar:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va Ilovalar

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Marketing faoliyati orqali Turizm xizmatlar bozorini segmantlash va maqsadli bozorini aniqlash. Har bir faoliyat turining segmenti bo’lgani kabi Turizim xizmatlar bozorini ham segmenti mavjud. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, turizim faoliyati bilan shug’illanayotganda o’z segmentini aniq bilib olishi lozim, chunki iste’molichilar turizim faoliyatidan foydalanayotganda aniq bir segmentini tanlashadi, kamdan kam hollarda bir ikkita segmentlardan birgalikda foydalanishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni hamda “2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish hamda turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — loyihalar ro‘yxat) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga loyihalar ro‘yxatining asosiy parametrlarini belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish hamda samarali foydalanish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari loyihalar ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha:
3. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmonining 9-bandiga muvofiq joriy yilda qurilishini davom ettirish uchun mablag‘ (limit) nazarda tutilmagan tugallanmagan va foydalanilmayotgan obyektlarni belgilangan tartibda konservatsiya qilish, shuningdek, ularni konservatsiya davrida lozim darajada saqlash va muhofaza qilish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) doimiy monitoring va tahlil qilib borilishini, mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə