Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


Ochiqlik – ajratilgan segment zarur bo’lgan bozor axborotlarini yig’ish uchun ochiq bo’lishi kerak. Kattaligi –



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə4/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kursishi

Ochiqlik – ajratilgan segment zarur bo’lgan bozor axborotlarini yig’ish uchun ochiq bo’lishi kerak.
Kattaligi – firmaning daromadliligani ta’minlash uchun segment yetarli darajada katta bo’lishi kerak.
Tiniqligi – segmentda sotishning samarali usullarini ishlatish uchun u ochiq bo’lishi kerak.
6Segmentlash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarini kiritadi:

  1. segmentasiyaning mumkin bo’lgan belgilarini aniqlash;

  2. iste’molchilarni tadqiq qilishni o’tkazish (odatda, so’rov o’tkazish yo’li bilan);

  3. segmentasiyaning “yaroqli” belgilarini aniqlash (belgining yaroqliligi u va iste’molchilar tavsiflari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik darajasi bilan aniqlanadi);

  4. segmentlarga ajratish (odatda 5-6 tadan ko’p emac);

  5. segment nomini izohlash (har bir segmentga muayyan marketingcha nom beriladi, masalan “novatorlar”, “konservatorlar” va shunga o’xshash);

  6. muayyan ko’rsatkichlar bo’yicha segmentlarga baho berish.


2. Segmentlash turlari va uning xususiyatlari.
Odatda segmentasiya jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi (7.1-rasm). Makrosegmentasiya deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar bozori» aniqlanadi. Mikrosegmentasiya deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.

1-rasm. Bozor segmeyatasiyasining asosiy belgilari
Geografik segmentasiya – geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy usul. Bu usulni aholining madaniy urfodatlarida va iqlimda farq bo’lganda qo’llash zarur. Geografik segmentasiya reklamani tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Geografik belgi bo’yicha segmentasiyalash bozorning har xil geografik zonalarga bo’linishini nazarda tutadi: davlatlar, shaharlar, tumanlar. Firmalar bitta yoki bir nechta geografik hududlarda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilishi mumkin, lekin geografiya bilan belgilanadigan ehtiyojlar va afzalliklarni hisobga olishi kerak.
7Demografik segmentasiya – uzoq muddatli xususiyatga ega bo’lgan omillarga asoslanadi. Demografik segmentasiya ikkita sababga ko’ra keng tarqaldi. Bu sabablar quyidagilar:

  1. demografik ko’rsatkichlar oson tasniflanadi va miqdoriy baholanadi;

  2. demografik ko’rsatkichlarning tahlili va boshlang’ich axborotni tashkil etish tizimi bozordagi iste’molchilar guruhining motivasiyasi bilan, shuningdek, axloqiy belgi bo’yicha bozor segmentasiyasini tavsiflaydigan o’zgaruvchi omillar bilan uzviy bog’liqdir. Demografik ko’rsatkichlar faqat bir-biri bilan bog’liq holda qo’llanadi.

Demografik belgi bo’yicha bozorni segmentlarga ajratish bozorni jins, yosh, oilaning kattaligi, oila hayotining bosqichlari va shu kabi demografik o’zgaruvchilar asosida guruhlarga bo’lishdan iborat.

Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə