Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


-jadval Bozor segmentasiyasi belgilari



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə6/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kursishi

1-jadval
Bozor segmentasiyasi belgilari

Segmentasiya mezonlari

Bozor segmentlari

Korxonalarga sotishga mo’ljallanganlik

Geografik (regional)
Firma-demografik
Tarmoqli
Texnik-amaliy
Geografik (regional)
Ijtimoiy-demografik
Ijtimoiy-iqtisodiy
Iste’mol turiga mo’ljallangan

Yakka iste’molchi yoki foydalanuvchiga sotishga mo’ljallanganlik



Ommaviy kommunikasiya vositalariga mo’ljallangan
Psixologik
«Hayot tarzi»ga mo’ljallangan

Tanlangan bozor strategiyasi

Mahsulot bilan belgilanadigan
Narxlarga mo’ljallangan
Sifatga mo’ljallangan
Sotish strategiyasi bilan belgilanadigan

Ayrim ilmiy adabiyotlarda segmentlash belgilari sifatida tovarning afzalligiga qarab segmentlash belgilari keltirib o’tilgan. Amaliyot ko’pchilik korxonalar tovarlarning afzallik belgilariga qarab bozorni segmentlarga ajratadi (2-jadval).
2-jadval
Bozor segmenti ko’rsatkichlari

Bozor segmentlari turlari

Ko’rsatkichlar

Tovarning afzalligiga qarab segmentlash

Ozuqaviy qiymati
Sog’likka ta’siri
Tejamkorligi
Yaxshi ta’m ko’rsatkichi

Iste’molchining xulq-atvoriga qarab segmentlash

Sotib oladigan tovar markasi (Masalan, «Tayd» poroshogi)
Sotib oladigan tovar guruhlari (Masalan, suyuq yuvish vositalaridan foydalanuvchilar)
Sotib olish davri (qancha vaqt oralig’ida qayta sotib olinadi)

Iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash:
Demografik

Geografik


Hayot tarzi



Daromadlar darajasi

  • Yoshi

  • Jinsi

  • Millati

  • Kasbi

  • Oilaviy ahvoli

Dunyo, mamlakatlar

  • Viloyat

  • Shahar

  • Tuman va hokazo

Jamiyat manfaati yo’lida qayg’uradiganlar

  • Sog’ligini ehtiyot qiladiganlar

  • Dilkash

  • Odamlarga aralashmaydigan

  • Novatorlar

  • Tabiatni sevuvchilar

  • Oilasi uchun qayg’uradiganlar

Bozorni segmentlashning asosiy tamoyillari


Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi – tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul – iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul – iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash hisoblanadi. Quyidagi 5.2-jadvalda iste’molchilarning bozor segmentlarini aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar keltirildi.
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Firmalar yangi tovarlarga bo’lgan talabni o’rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhimligiga qarab segmentlashdan ham foydalanadi. Shu yo’sinda, talab qondirilmagan segmentlar uchun yangi tovarlar taklif etiladi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Masalan, qahva ko’p tarqalgan ichimliklardan hisoblanadi. Uning tarkibida kofein moddasi mavjud. Bugungi kunda shunday iste’molchilar ham mavjudki, ular kofeinsiz qahvani xohlaydilar. Demak, bozorning ana shu segmenti iste’molchilari uchun ham kofeinsiz qahva ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Yoki tovarning afzalligiga qarab segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo’lmagan pivo haqida beriladigan reklamani ham kiritish mumkin.
Iste’molchilarning xulq-atvoriga qarab segmentlashning yana bir turi xaridorlarni qanday tovar markasini xalrid qilganligiga qarab identifikasiyalash emas, balki qanday tovar nomenklaturasini xarid qilganligiga qarab identifikasiyalash hisoblanadi. Iste’molchilarni tovar nomenklaturasiga qarab aniqlashda raqobatchilar tovarlari haqida ham ma’lumot to’plash mumkin bo’ladi. Mana shu olingan ma’lumotlar asosida korxona iste’molchilarning kengroq guruhini qamrab olish strategiyasini ishlab chiqadi. Shuningdek, tovar nomenklaturasiga qarab bozorni segmentlashning maqsadlaridan yana biri tovarlarning faol iste’molchilarini topishdan iboratdir. Faol iste’molchilar esa, ularning tovarni xarid qilish davriga qarab aniqlanadi.
Iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli – bu iste’molchilarni tavsifi bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu yerda asosiy belgi bo’lib iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi hisoblanadi.

Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə