Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


Maqsadli bozor tushunchasi



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə7/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
kursishi

Maqsadli bozor tushunchasi
Maqsadli bozorni aniqlash marketing faoliyatida muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Maqsadli bozorni aniqlash tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojlarini qondirish uchun va provardida tanlangan iste’molchilarning maqsadga erishish uchun qo’llaniladi. Maqsadli bozorni tanlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • bozorni segmentlash – buning yordamida bozor alohida guruhlarga ajratiladi (iste’molchilarning talabi, xoxishi, yoshi va hokazolarga qarab);

  • maqsadli bozorni tanlash – korxonaga shunday bir imkoniyatni yaratadiki, aniq maqsad asosida, tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojini qondirish uchun ta’sir etish tushuniladi;

  • tovarni bozordagi o’rnini belgilash (pozisiyalashtirish) – tovarni bozorda, qat’iy raqobatbardosh hamda aniq belgilangan o’rnini ta’minlaydi.

Maqsadli bozor — bu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to’laroq ro’yobga chiqarish uchun o’zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko’rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo’lgan tovarlar sotish hajmini ko’paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo’qolgani sababli marketingga bo’lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo’ladi.
Differensiallashgan marketing ayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo’lgan ularning majmuilarida qo’llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to’laroq qondirish, bozordagi o’rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o’rganishga to’g’ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag’batlantirish va sotish yo’nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko’paytiradi.
9Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o’ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulushining yetarligi va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga erishishdan iborat.
Hozirgi industrial jamiyatda iste’molchilar «o’rtacha» xaridorga mo’ljallangan tovarlar bilan qoniqib qolmaydi, shuning uchun firmalar ommaviy va differensiallashgan marketing usullaridan tobora ko’proq konsentrlashgan marketing texnikasiga o’tmoqdalar.


Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə