Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə10/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kursishi

Beshinchi bosqich (1999 - yil maydan keyingi davrlar). Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi to‘g‘risidagi» Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmning tutgan o‘rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me’yoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qo‘shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida “Turizm to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.
Shu bilan birga milliy turizm sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2006 yil 18 aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat кo‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga asosan O‘zbekistonda xizmat кo‘rsatish sohalaridan biri bo‘lgan turizmni yanada rivojlantirish va ushbu soha uchun malakali каdrlar tayyorlash va ularni milliy g‘oya va merosimizni puxta biladigan qilib tayyorlash muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Har qanday sharoitda, xususan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmog‘ining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta’minlash manbai; bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi; qurilish (mehmonxonalar, kempinglar, motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yo‘l vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg‘i quyish stantsiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yo‘lga qo‘yadi, viza tizimini soddalashtiradi, turistik mahsulotlar va an’anaviy tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm mintaqalariga bo‘linishi xususida to‘xtalib o‘tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda respublikada to‘rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo‘lib, ular Farg‘ona, Samarqand - Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg‘ona turizm mintaqasi Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga qamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalari va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo‘llarning keng tarmog‘ining mavjudligi ham Farg‘ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi.
Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm mintaqasidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o‘simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo‘llari tarmog‘i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi hamda shahar atrofidagi temir yo‘l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand- Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o‘tuvchi temir yo‘l va keng tarmoqdagi shosse yo‘llari, Zarafshon tog‘ tizmasi orqali o‘tgan unchalik baland bo‘lmagan davonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun nihoyatda qulay omil hisoblanadi.
Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qa’la qo‘riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo‘q nihoyatda boy tarixiy - me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo‘lib, ular Jizzax, Qarshi- Termiz va O‘rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiyotining noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi erlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. O‘tgan 2008 - yilda dunyo aholisining har to‘rtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8 -10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSh va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo - sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanib ketadi. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak yo‘li»ning shoh tomiri respublikamizdan o‘tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon, Toshkent va boshqa shaharlar, tabiiy va sog‘lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar kiradi.
Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo‘ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yil 2 iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ming yillar davomida «Buyuk Ipak yo‘li» Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo‘l bo‘ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko‘maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo‘l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo‘lganligini baholash qiyin. Ammo, o‘zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo‘qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo‘li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini ko‘rish mumkin.
16«Buyuk Ipak yo‘li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, janubiy - sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bog‘lab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U o‘z ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Kavkaz davlatlari, G‘arbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. E’tiborga olish kerakki 17TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi o‘tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon - saroylarni tashkil qilishning texnik - iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu «Buyuk ipak yo‘li»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki O‘zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo‘nalishlarida yoqilg‘i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo‘lishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo‘li da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan.
Birinchi qismga o‘ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo‘nalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib, turg‘un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko‘maklashishi hisoblanadi.
Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo‘li» ob’yektlarini o‘z ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega bo‘lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko‘ra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yo‘li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag‘batlantirishi mumkin.
Uchinchi qism esa, qadimgi aloqanlaring oxirgi nuqtalarini o‘z o‘ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo‘li»ni targ‘ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki mazkur yo‘l bo‘ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.
«Buyuk Ipak yo‘li» turistik mahsulot mavqeining ko‘tarilishi uchun albatta fundamental asos bo‘lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Chunki xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va milliy tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo‘li» loyiha bo‘yicha yig‘ilishi 1996-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo‘li»da turizm bo‘yicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra bu yerda «Buyuk Ipak yo‘li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy ob’yektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma muammolar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘yicha ikkinchi xalqaro yiq‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo‘li» mintaqalarini xalqaro targ‘ibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.
1994-yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk Ipak yo‘li» loyihani barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londanda WTM va Madridda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi. Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib dunyoning asosiy turistik yo‘nalishlari bo‘lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o‘rinni egallaydi va o‘rtacha yillik 8 % o‘sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o‘rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo‘li» loyihaga ishtirokchilarning oldida turistik mahsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya - O‘zbekiston - Xitoy, Fransiya - O‘zbekiston - Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O‘zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va o‘zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik ob’yektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma’lum bir valyutaning davlat budjetiga tushishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab transport (tranzit) yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tug‘diradi. Masalan, 2008-yilda O‘zbekistonga 915 ming tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 % turistik maqsadlar bilan, 74,4 % xususiy viza bo‘yicha, qolgan 20 % boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Ko‘pchilik tashrif qiluvchilarni davlatning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan.
O‘zbekiston hayotida bo‘lib o‘tayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki Yevropa va boshqa davlatlarida keng targ‘ib qilinib, «Buyuk Ipak yo‘li»ni va taklif qilinayotgan mahsulotni yangi ahamiyatga ko‘tardi.
O`zbekistonda turizmning rivojlanish holatlarini tahlil qilar ekanmiz, yurtimizda turizm sohasiga bo'lgan e’tibor oshganini va tashrif buyuruvchilar salmog`i ko’payganini kuzatishimiz mumkin.
Ulkan xilma-xil sayohatlar malum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko`p jihatdan tur bo`yicha xizmatlar to`plamini, narx belgilashni taqazo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo`yicha yetakchi faoliyat o`rnini egallovchi boshqa ko`plab parametrlarni belgilaydi. Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo`yicha ko`proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi. Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko`rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish, sport bilan shug`ullanish, ekzotik dam olish, tematik safarlar kiradi. Takliflar turi bo`yicha tasniflashda guruh va yakka holdagi xorijiy turizm tushuniladi. Turistik biznesda professionallar bir-birini yarim so`zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. FIT va GROUP atamalari ko`proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada individual turist deb ataladi. U sayohat yo`nalishi va jadvalini o`z xoishiga qarab o`zi belgilaydi. Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin sayohatni mustaqil tashkil etishi ham mumkin. Masalan internet orqali. Kompleks xizmat ko`rsatish guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda tur qiymatiga qo`shilgan xizmatlar to`plami qayd etilgan bo`ladi. Odatda turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo`ladi. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko`rsatishlarini oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, ovqatlanish xizmati, ekskursiya va boshqa xizmatlar kiradi. Safarni tashkil etish bo`yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan turizm turistik firma tomonidan yakka yoki guruh holidagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperatorlar yoki uning agentidan turli xizmatlar to`plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi. Sayohat maqsadi bo`yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bogliq holda safarni quyidagi guruhlarga bo`ladi:
- Dam olish va rekreatsiya;
- Ijtimoiy maqsadlar;
- Ishga aloqador va kasbiy maqsadlar;
- Tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;
- Diniy (ziyorat).
Turistik infratuzilmalar o`z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa yo`llari yig`indisi, kommunikatsiyalar, tashkilotlar, do`konlar, sport inshootlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog`langandir. Turistik infratuzilmaning turistik zaruriy shart sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog`lik salomatligini ta`minlashga qaratilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki turizm bugungi kunda eng daromadli sohalardan biri sifatida tan olinmoqda. Shu jihatdan ko’pchilik davlatlar tomonidan turizmni rivojlantirish borasida bir qancha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishda turizm sohasi ham katta imkoniyatlarga ega. Asosan xalqaro turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida turizm mamlakatimizda yetakchi sohalardan biriga aylanadi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 110 muzey bor. Ularning 28tasi (shu jumladan yirik muzeylarning filiallari ham) vazirlik ixtiyorida. Turli kolleksiyaga ega bo’lgan muzeylarning mavjudligi O’zbekistonning ijtimoiy va madaniy rivojlanishini xususiyatlarini aks etdiradi. Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy me’rosimiz, xalqlar dini va e’tiqoti, ularning an’analari bilan tanishtirib, yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o’rgatadi. Respublika muzeylarining ichida 3 ta muzey-qo’riqxona: Samarqand, Buxoro, Xiva («Ichan-Kala»); 3ta yirik badiiy muzeylari: O’zbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san’ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi mavjud. O’zbekistonda yagona bo’lgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 yildan berimavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy muzeylardan biri- O’zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini o’rganish bo’yicha ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda katta kitob va qo’lyozma jamgarmasiga ega. O’zbekiston tibbiyot muzeyi (Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, sanitariya va gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor.
Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat sharafi muzeyi,
kino san’ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy ko’rgazma direksiyasi, RTVS
«O’zeksposentr», U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G’afur G’ulom
muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o’lka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo,
Urganchda badiiy galereyalar ochilgan. Andijon, Namangan va boshqa bir qator shaharlarning o’lkashunoslik muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar mavjud. Bundan tashqari, Qarshi, Urganch, Buxoro singari qadimiy tarixga ega shaharlar qanchalik ulug’vor bo’lsada, ularda hozirgacha o’zlarining o’lkashunoslik muzeylari yo’qligi ta’kidlandi. O’zbekiston madaniyati vazirligi xalqaro «Oltin meros» xayriya fondi, Badiiy akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida «Moziydan sado» jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma’lumki muzeylardan turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng targ’ibot qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Jahon tibbiy turizmini rivojlantirishga omil bag’ishlash maqsadida Turkiya tibbiy turizm uyushmasi, Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligining qo’llab–quvvatlashida Tibbiy turizm bo’yicha to’rtinchi xalqaro kongressni tashkil etdi. Kongerss ishida dunyoning 25dan ortiq mamlakatidan kelgan mutaxassislar butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va davolash–sog’lomlashtirish turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama qildilar.
“O’zbekturizm” MK va Sog’liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat bo’lgan O’zbekiston delegatsiyasi tadbir doirasida respublikaning turistik salohiyati va sog’liqni saqlash tizimining rivojlaninshi to’g’risida axborot taqdim etdi. Bundan tashqari, Turkiya tarafi vakillari bilan tibbiy turlarni amalga oshirish borasida muntazam tajriba almashish to’g’risida muzokaralar olib borildi.
Kongress ishi davomida ta’kidlandiki, yildan–yilga tibbiy turizm dunyoning turli mamlakatlaridan o’n minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni davolashda yuqori malakali yordam ko’rsatishga tayyor xalqaro tibbiy markazlarning ochiqligi prinsipli imkon yaratyapti. Tibbiy turizmning mashhur bo’layotganiga boshqa mamlakatda bir vaqtning o’zida davolanish, dam olish va uning o’ziga xos madaniy jihatlari bilan tanishish imkoniyati ham omil bag’ishlayapti.
Shuni aytish lozimki, O’zbekiston davolash–sog’lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun noyob tabiiy resurslarga ega. Mamlakatda tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari e’tirof etgan bir qator rekreatsiya zonalari (Chimiyon–Chorvoq, So’qoq, Oqsoqota–Parkent, Pargos–Oq tosh va boshqa zonalar) yer osti suv resurslari, shu jumladan turli kimyoviy tarkibli 60dan ortiq ma’danli suv manbalari, shuningdek shifobaxsh xususiyatlarga ega bo’lgan musaffo tog’ havosi mavjud hududlar oz emas.
O’zbekiston Respublikasi hududida turizmning maxsus turlarni rivojlantirish, ularni kengroq targ’ib etish butunjahon turizm olamida yurtimizning omad sari tashlangan samarali qadami bo’lgan bo’lar edi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha turizm turlari emas. Maxsus turlarning ayrim turlarini hozirdanoq ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib borayotgan dorbozlik o‘yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu o‘yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq bo‘ladi. Xuddi shuningdek, ko‘pkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning katta oqimlarini o‘ziga jalb qiladigan g‘oyat qiziqarli turistik obyekt. Bu turni ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir.
Bunday maqsadlarni, rejalarni amalga oshirish uchun shaharlardagi maxsus turlarning jahon andozalari bo‘yicha shakllantirilgan, sifatli naqshlangan buklov reklamalarini o‘zbek-rus va ingliz tillarida axborot va tushuntirishlar bilan mehmonxonalar, turistik firmalarga tarqatish va bu buklovlarni xorij davlatlardan kelgan turistlar bepul yoki sovg‘a sifatida olishlarini taminlash amalda kutilgan usullardan bo‘lishi shubhasizdir. Bu buklovlar turist vataniga qaytganidan keyin uning ko‘plab vatandoshlarini qiziqtirishi mumkin.
18 Ma’lumki, xalqaro turistlar oqimi Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Farg‘ona vodiysi va Shahrisabz shaharlarida kuzatilmoqda. Bu turistlar asosan tarixiy va madaniy obidalarga va ziyoratgoh joylarga tashrif qilmoqdalar. Ana shu turistlarni ushbu shaharlardagi maxsus turizm turlariga takliflar qilish, qiziqtirish usullarini qo‘llash vaqti keldi nazarimda.

Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə