Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə11/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kursishi




XULOSA VA TAKLIFLAR

Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.


Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o’zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi.
Men “Turistlarning sayohat maqsadlari” mavzusini yoritish jarayonida turizmning maqsadlariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, maqsadsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi.
Keyingi “Turizmning turlari va ko’rinishlari” mavzusida esa turizm turlari va uning turli ko`rinishlari bayon qilinib, unda turizm shakllari, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari, ishtirokchilar soni bo‘yicha va boshqa tasniflar haqida fikr yuritilgan. Hamda yurtimiz mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo’yicha ilmiy qarashlari yoritib o’tilgan.
Sayohat qilishni tug’diruvchi motivlarni bilish, samarali turistik siyosat va turizm iqtisodiyotning o’sishiga yordam beradi. Men “Sayohatga bo'lgan ehtiyojni tug'diruvchi omillar” mavzusida sayohat qilish motivlari - turistik maqsadida ma’lum joylarga kelishga undaydigan va ularning xohishlarini qondiradigan psixologik va jismoniy talablar va boshqa o’ziga xos motivlar haqida chuqurroq to’xtalib o’tishga harakat qilganman.
Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo’lib, unda doimiy ravishda o’zgarishlar va yangilanishlar bo’lib turadi. “Turizmning zamonaviy turlari” mavzusida bu sohadagi zamonaviy turizm turlari va ular haqida chuqurroq ma’lumot berishga harakat qilganman.
O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Mamlakatimizdagi noyob tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, xushmanzara tabiat va fayzli go‘shalar, xalqimizning betakror madaniyati, an’analari butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda. Men ”O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat maqsadlari” mavzusida yurtimizdagi mavjud turizm turlari, tashrif buyurgan turistlar va ularning sayohatdan asosiy maqsadlari haqida kengroq fikr yuritganman.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, turizmni taraqqiy ettirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif etish muhim omillardan biri hisoblanadi. “O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida men ekologik turizm, agroturizm, muzey turizmi, tibbiy turizm va turizmning maxsus turlari, yurtimizda ushbu sohada qilinayotgan istiqbolli ishlar borasida ma’lumot berishga harakat qilganman.
O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O’ylaymanki, yaqin kelajakda Yurtimiz ham turizm olamida ulkan yutuqlarga erishib, rivojlangan davlatlar qatoridan shak – shubhasiz o’rin oladi.


Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə