Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


Demografik o’zgaruvchilar



Yüklə 263,13 Kb.
səhifə5/13
tarix30.12.2023
ölçüsü263,13 Kb.
#164234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kursishi

Demografik o’zgaruvchilar – iste’molchilar guruhlarini bo’lish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi segmentasiyaning eng mashhur omillaridir. Bu, bir tomondan, ehtiyojlar, afzalliklar va tovarlarni iste’mol qilish intensivligi ko’pincha demografik belgilar bilan uzviy bog’liq bo’lishi; ikkinchi tomondan, demografik xususiyatlar boshqalarga qaraganda oson o’lchanishidan kelib chiqadi.
8Psixografik segmentasiya u yoki bu iste’molchilar guruhining tovarga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan ta’sirotini aniqlashga asoslanadi. Lekin odamlarning shaxsiy xususiyatlari bozor tahlilida muhim omil bo’la turib, o’zicha bozor segmentini boshqa omillarga bog’liq bo’lmagan holda tanlash uchun yetarli darajada asoslangan belgi bo’lib xizmat qila olmaydi.
Bozorni axloqiy (o’zini tutish) bo’yicha segmentasiya qilish psixografik segmentasiyaning xususiy hodisasi sifatida qaraladi. Odatda, mazkur mahsulotga eng ko’p muhtoj bo’lgan iste’molchilar nisbatan katta bo’lmagan guruhini tashkil qiladilar, lekin bozorga kelib tushadigan mahsulotning ko’proq qismini sotib oladilar.
Bozorni segmentlarga ajratish bo’yicha korxonaning amaliy faoliyati quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
1. Segmentasiya tamoyillarini aniqlash (tiplarni, segmentasiya belgilaridagi ustunliklarni, segmentasiyalarni baholash mezonlarini).
2. Profillar, diagrammalar, matrisalar tuzish, ya’ni tanlangan segmentasiya tamoyillarini aks ettirishning muayyan makon modeliga mos holda bozorni bo’laklarga ajratish.
3. Hosil bo’lgan segmentlarning jozibaligi darajasini tanlangan mezonlari yordamida baholash.
4. Bozorning bitta yoki bir nechta segmentlariga o’zining tovarlari (xizmatlari) va siljitish vositalari bilan chiqish imkoniyatini tanlash.
5. Bozorning har bitta tanlangan bozor segmentida tovar (xizmat)ni mavqyelashtirish haqidagi qaror.
6. Har bir maqsadli segment uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish.
Nemis marketologi G.G.Lettau tomonidan bozor segmentasiyasi uchun taklif etilgan mezonlardan foydalanamiz (1-jadval).

Yüklə 263,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə