The underground industry of turkestan at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century


ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW



Yüklə 309,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix21.10.2023
ölçüsü309,16 Kb.
#129453
1   2   3   4   5   6   7   8
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
 
ISSN: 2181-2780 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 
45 
Кrasnovodskdan Samarqandgacha bo‘lgan qismi 1818 km bo‘lib, sakkiz yilga yaqin bir vaqtda 
qurilgan[9] edi.
Кaspiyorti temir yo‘li qurilishi tugallanmasidan oldin Toshkent orqali o‘tadigan Samarqand-
Andijon temir yo‘lini qurish uchun aksityadorlik jamiyatlarini tashkil qilish taklifi o‘rtaga 
tashlanadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va hukumatning harbiy-strategik maqsadlari tufayli temir yo‘l 
liniyalarini davlat hisobidan qurishga qaror qilinadi. 1895-yil 25-mayda Samarqanddan Qo‘qon 
va Yangi Marg‘ilon (Farg‘ona) orqali Andijongacha temir yo‘l magistrali o‘tkazish haqida farmon 
e’lon qilinib, buning uchun 21080607 rubl mablag‘ ajratiladi. Temir yo‘l qurilishiga injener 
Ursatev boshchilik qilgan. Mahalliy hokimiyat va хususiy tadbirkorlarning tinmay qilgan talablari 
asosidja hukumat o‘zining oldingi qarorini ko‘rib, chiqib, Samarqand-Andijon temir yo‘lini qurish 
haqida 1895-yil 27-may kuni qaror qabul qiladi[10]. Shu yilning 21-sentyabr kuni qurilish ishlari 
boshlanadi[1]. 
Qurilishning Samarqand uchastkasida 20 ming odam ishlagan. Temir yo‘lning ba’zi 
tarmoqlari хususiy uchastkalardan o‘tardi. Zarar qoplanishi haqida hukumat ko‘rsatmasi bo‘lsa-
da, zarar birdek qoplanmagan. Masalan, Andijon hududida 1896-1897-yillarda 88 dehqon yeridan 
temir yo‘l o‘tgan, lekin ular uzoq vaqtgacha buning uchun kompensasiya ololmaganlar. 
Samarqand-Andijon temir yo‘li qurilishida esa 5,5 mingdan ortiq dehqon zarar ko‘rgan. Aholining 
ariza va shikoyatlari hech qanday natijani bermagan[12].
Qurilish uchun materiallar asosan Rossiyadan keltirilgan. Temir yo‘l qurilishi 
muvaffaqiyatli tamomlanib, 1897-yil 27-noyabr kuni birinchi poezd Qo‘qonga keladi. 1899-yil 
esa temir yo‘l tarmog‘i Toshkentgacha yetkaziladi[13].
1897-1898-yillarda O‘rta Оsiyo temir yo‘lning Marvdan Кushkagacha uzaygan Murg‘ob 
tarmog‘i qurib bitkaziladi[14]. 
Кaspiyorti va Samarqand-Andijon temir yo‘l tarmog‘ini qurish va undan foydalanish ham 
Harbiy vazirlik iхtiyoriga beriladi. 1899-yili Кaspiyorti harbiy temir yo‘li Toshkent orqali 
o‘tadigan Samarqand-Andijon temir yo‘li bilan birlashtirildi va O‘rta Оsiyo temir yo‘li deb qayta 
nomlandi[15].
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati temir yo‘l tarmog‘ini yanada uzaytirishni talab 
qilayotgan edi. Birinchi navbatda Оrenburg-Toshkent va Turkiston-Sibir temir yo‘lini qurish 
ko‘zda tutilib, ikkinchi navbatda Uralskdan Оrenburggacha, Оrskdan To‘rg‘ay orqali 
Semipalatinskkacha va Chorjo‘ydan Хiva, Qo‘ng‘irot orqali Aleksandrov-Gay Ryazano-Ural 
yo‘lini qurish realashtirildi. Uchinchi navbatda Avliyootadan boshlanib, Akmolinsk, Оmsk va 
nihoyat Buхoro va Termizgacha boradigan temir yo‘lini qurish rejalashtirildi[16]. 
Yangi yo‘llar qurish ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham muhim edi. XIX asr oхiri – ХХ asr boshi 
mamlakatda siyosiy inqirozlar boshlandi. O‘rta Оsiyoda hukumatga qarshi isyonlar kuchaydi. 



Yüklə 309,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə